Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar o‘z hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu evakuatsiya amaliyoti ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Qilichevning ta’kidlashicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!