Mozambikdagi “Machava” qattiq tartibli qamoqxonasidan 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchi qochib ketgan. Bu haqda Briefly News ma’lum qildi.
Mahbuslar soqchilarni qurolsizlantirib, poytaxt Maputu yaqinidagi Machava tumanida joylashgan qamoqxona tashqarisiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qochib ketgan jinoyatchilarda qamoqxona qo‘riqchilaridan tortib olingan o‘qotar qurollar bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, mahbuslarning qochishi muxolifatning norozilik aksiyalari sabab boshlangan yirik tartibsizliklar fonida yuz bermoqda. Mozambikda muxolifat 9-oktyabr kungi saylovlar natijasidan norozilik bildirib, mamlakat poytaxti va boshqa shaharlarda aksiya boshlagan.
Kuni kecha Mozambik Konstitutsiyaviy kengashi hukmron partiya “Frelimo”ning g‘alabasini hamda nomzod Daniel Shapuni prezidentlik lavozimiga tasdiqlagan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari joylarda politsiya bilan to‘qnashuvlarga bormoqda. Mozambik hukumati Konstitutsiyaviy kengash qarori e’lon qilinganidan keyin 24 soat ichidagi to‘qnashuvlarda kamida 21 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!