O‘zbekistonda rossiyalik transplantologlar yordamida birinchi marta jigar ko‘chirish amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Ushbu yuqori texnologiyali operatsiya markaz jarrohlari va transplantologlari hamda Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sun’iy organlar markazi yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jigar ko‘chirib o‘tkazish juda kam uchraydigan operatsiya bo‘lib, ayniqsa, bolalarda amalga oshirish qiyinligini ta’kidladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bolakay o‘zini yaxshi his qilayotganini va shifokorlar nazoratida qolayotganini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!