$
12920.48 UZS
-7.79
130.17 UZS
0.51
13436.01 UZS
-26.2
Kechasi

2025-yil 1 ming 600 ta pochta bo‘linmasida elektron tijorat mahsulotlarini topshirish yo‘lga qo‘yiladi

20:10 / 27.12.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatimizni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish vazifasi belgilangan. Shu maqsad yo‘lida raqamli texnologiyalar bosqichma-bosqich rivojlantirib kelinmoqda. Barcha hududlarda IT-parklar tashkil etilib, bu sohada o‘qish va ishlash uchun imkoniyat kengaydi. Internet tezligi va qamrovi oshdi. 190 mingdan ziyod aholi ishli bo‘ldi.

So‘nggi yillarda sohada 3 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobar o‘sib, ularning soni mingtadan oshgan. Bugun soha vakillarining har o‘ntadan bittasi shunday xalqaro korxona. Shuningdek, yetti yil avval 12 ta eksportchi korxona bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 650 ta bo‘ldi. Yil yakuni bilan axborot texnologiyalari va aloqa xizmatlari eksporti 900 million dollardan oshadi.

Hayotning turli jabhalarida sun’iy intellektni qo‘llash kengaymoqda. Shunday texnologiya asosida 20 dan ortiq loyihalar ishga tushdi. Tarmoq va yirik korxonalar bo‘yicha yana 70 ta loyiha ishlab chiqildi. Sun’iy intellektga tayyorlik xalqaro indeksida O‘zbekiston 17 ta pog‘onaga ko‘tarildi.

Bu yo‘nalishga e’tiborning davomi sifatida, O‘zbekiston Prezidentining shu yil 14-oktyabrdagi qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Unda sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ulushini ko‘paytirish, texnik infratuzilmani kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish kabi qator chora-tadbirlar belgilangan.

Taqdimotda raqamli texnologiyalar vaziri kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborot berdi.

Jumladan, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi. Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inxa universitetlarida sun’iy intellekt bo‘yicha laboratoriyalar ochiladi. Davlat idoralarining 3 ming nafar xodimi, hokimlar va o‘rinbosarlarining bu borada malakasi oshiriladi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt asosida ishlaydigan loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Tarmoq korxonalarida boshlangan transformatsiya ijobiy natija berayapti. Shu yilning o‘zida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga oshib, 21 trillion so‘mga yetgan. “O‘zbektelekom” kompaniyasi daromadi 9 trillion so‘mdan oshgan.

Endi kelgusi yil boshqaruvni to‘liq raqamlashtirib, xarajatlarni iqtisod qilish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingni olish zarurligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston pochtasi” tizimida ham o‘zgarish bor. Bu yil tushumlar 1,4 barobar, eksport 20 foiz oshgan. Yangi turdagi xizmatlar joriy qilingani natijasida jo‘natmalar soni 50 foiz ko‘paygan.

Rejaga ko‘ra, kelasi yil 1 ming 600 ta pochta bo‘linmasida elektron tijorat mahsulotlarini topshirish yo‘lga qo‘yiladi. Raqamli saralash markazi ochilib, bunday tovarlar va pochta jo‘natmalariga ishlov berish sifati yaxshilanadi. Bu maqsadlar uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan mablag‘ jalb qilinadi.

Soha uchun muhim asos – telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Endi bunga tayanib, barcha tarmoq va hududlar kesimida raqamlashtirish bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

Jumladan, kelgusi yilda 6 mingta yangi tayanch stansiya quriladi. 30 ming kilometr optik tolali kabellar tortilib, qamrovi 98 foiz bo‘ladi. Soha eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazish choralari ko‘riladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi haqidagi qonun ishlab chiqilishi soha rivoji uchun yana bir katta yangilik bo‘ladi. “Enterprise Uzbekistan” nomli ushbu markazda “ingliz huquqi” tamoyillari, kapitalning erkin harakati, xalqaro standartdagi mehnat munosabatlari, xorijiy bank filiallari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Taqdimotda sun’iy intellektga doir qonuniy asoslarni yaratish, raqamli texnologiyalar sohasida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 


O‘zbekiston


														
														Romitanda kanalda cho‘kib ketayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

Romitanda kanalda cho‘kib ketayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

Kecha, 27-dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani “Afrosiyob” MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tu…
11:46 / 28.12.2024

														
														Deputat Odiljon Tojiyev Ramzan Qodirov O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rashi kerakligini aytdi

Deputat Odiljon Tojiyev Ramzan Qodirov O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rashi kerakligini aytdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Checheniston rahbarining Telegram sahifasida munosabatiga o‘z fikr…
09:21 / 28.12.2024

														
														28-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
21:43 / 27.12.2024

														
														Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdda Rossiya fuqarolarining qo‘li borligi aniqlandi

Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdda Rossiya fuqarolarining qo‘li borligi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan rasmiy bayono…
20:52 / 27.12.2024

														
														2025-yil 1 ming 600 ta pochta bo‘linmasida elektron tijorat mahsulotlarini topshirish yo‘lga qo‘yiladi

2025-yil 1 ming 600 ta pochta bo‘linmasida elektron tijorat mahsulotlarini topshirish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish …
20:10 / 27.12.2024

														
														O‘zbekistonda ilk bor jigar ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor jigar ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
19:15 / 27.12.2024

														
														“UzAuto Motors AJ” direktori Bo Andersson rahbarlikdan ketdi

“UzAuto Motors AJ” direktori Bo Andersson rahbarlikdan ketdi

Bu haqda “UzAuto Motors AJ” xabar berdi.
18:34 / 27.12.2024

														
														O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 milliard dollardan oshdi

2023-yil oxirida bu ko‘rsatkich 53 milliard dollarni, jumladan, davlat qarzi 29,7 milliard dollarni va xususiy qarz 23,3 mil…
17:33 / 27.12.2024

														
														Yashnobod tumanining ayrim yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklandi

Yashnobod tumanining ayrim yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklandi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
15:58 / 27.12.2024

														
														Abdulla Aripov Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi

Abdulla Aripov Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi

Abdulla Aripov Ozarbayjonning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Aqtaudagi samolyot halokati va odamlar halok bo‘lg…
12:13 / 27.12.2024

Bu ham qiziq

Yashnobod tumanining ayrim yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklandi

Yashnobod tumanining ayrim yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklandi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
15:58 / 27.12.2024
Toshkent – Chorvoq yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent – Chorvoq yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.
11:22 / 27.12.2024
Sergeli tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi

Sergeli tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi

Ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan vaqtdan erta yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.
18:31 / 26.12.2024
Globe Soccer Awards Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari sifatida mukofotladi

Globe Soccer Awards Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari sifatida mukofotladi

Krishtianu Ronaldu to‘purarlik yutuqlari uchun yana bir bor mukofotlandi.
10:10 / 28.12.2024
2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
10:07 / 27.12.2024
Romitanda kanalda cho‘kib ketayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

Romitanda kanalda cho‘kib ketayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

Kecha, 27-dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani “Afrosiyob” MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tu…
11:46 / 28.12.2024
Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdda Rossiya fuqarolarining qo‘li borligi aniqlandi

Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdda Rossiya fuqarolarining qo‘li borligi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan rasmiy bayono…
20:52 / 27.12.2024
100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Qilichevning ta’kidlashicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi.
11:15 / 27.12.2024
“Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30-yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir” – Mirziyoyev

“Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30-yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir” – Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim is…
16:06 / 27.12.2024
Ukraina Kurskning bosib olingan hududlarini boy berishi mumkin

Ukraina Kurskning bosib olingan hududlarini boy berishi mumkin

Bloombergning amerikalik mulozimlar orasidagi suhbatdoshlari Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatida egallab olgan hududni…
11:21 / 28.12.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!