$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

18 yoshli qizning behayo suratlarini tarqatmoqchi bo‘lgan namanganlik “kuyov bola” ushlandi

16:28 / 19.10.2023

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijonlik 18 yoshli qizning behayo tasvirlarini kanallarda tarqatish bilan qo‘rqitgan “kuyov bola” ayol kishi ekanligi aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Andijon tumanida yashovchi 18 yoshli (ayol) A.R. ariza bilan murojaat qilib, “Abror” ismli noma’lum shaxs uning turli fotosuratlari va behayo videolarini internet ijtimoiy tarmoqlariga joylash bilan qo‘rqitib, tasvirlarni tarqatmaslik evaziga pul so‘rayotganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 20 yoshli O.A. sodir etgani ma’lum bo‘lgan.

Gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan O.A. Telegram messenjeri orqali jabrlanuvchiga o‘zini “Abror” deb tanishtirib, A.R.ni yaxshi ko‘rib qolganini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uning ishonchiga kirgan. Shu orqali u qizning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. “Kuyov bola” fotosuratlar va videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 1 million so‘m pul olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Bu ham qiziq

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Bu haqda Sadir Japarov ma’lum qilgan.
12:22 / 07.05.2024
“Yuqoriga” multfilmidagi uchar uy ijaraga berilmoqda

“Yuqoriga” multfilmidagi uchar uy ijaraga berilmoqda

Bir kunlik ijara haqi bir kishi uchun o‘rtacha 100 dollarni tashkil qiladi.
12:03 / 07.05.2024
XAMAS sulh taklifini qabul qildi

XAMAS sulh taklifini qabul qildi

Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi, dedi uning rahbari Ismoil Xaniya.…
09:16 / 07.05.2024
Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Ular mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini muhokama qilgan.
12:48 / 07.05.2024
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:14 / 07.05.2024
Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

U mamlakatni yana 6 yil boshqaradi
14:53 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!