O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14 daraja sovuq, Ustyurtda ayrim joylarda 15-18 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, cho‘l hududlar shimolida 10-13 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!