Qo‘qon shahar sudi tomonidan tabibga jazo tayinlandi.
Avvalroq, Farg‘onada aholi orasida mashhur tabib Iqbol Soliyev sudga berilgani haqida xabar berilgandi. Farg‘ona viloyati sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sudning bugun, 17-dekabrdagi qarori bilan xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi Iqbol Soliyev MJtKning 59-5-moddasi (xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.
Sudning qaroriga ko‘ra Iqbol Soliyevga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!