FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra ushbu marosim joriy yilning 5-dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi markazida o‘tkaziladi.
“Jahon chempionati tarixidagi eng uzoq kutilgan qur’a marosimini AQShning madaniy yuragi bo‘lgan Kennedi markazida o‘tkazishdan mamnunmiz. Bu – musobaqa yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, 2026-yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlik jarayonida asosiy voqealardan biri hisoblanadi. Biz jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV va eng muhimi, 16 mezbon shahar muxlislarini AQSh poytaxtida kutmoqdamiz” - dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.
Bugungi kunga kelib, mezbonlardan tashqari yana 10 terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan: O‘zbekiston, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Koreya Respublikasi va Yangi Zelandiya. 48 jamoa ishtirok etadigan ushbu musobaqada, qur’a kuniga qadar Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 42 jamoa aniqlangan bo‘ladi. Qolgan 6 yo‘llanma 2026-yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali belgilanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!