$
12646.56 UZS
-27.81
160.88 UZS
-0.35
14461.34 UZS
-8.99
32° Kechasi 21°

Ukraina nega yadro raketalarini Rossiyaga berib yuborgan?

14:19 / 05.03.2022

1991-yilda dunyoning ikki gegemon davlatidan biri boʻlgan Sovet Ittifoqi parchalandi. Shunda bir muammo paydo boʻldi. Bu Sovet armiyasining harbiy mulki va yadroviy raketalarini qanday taqsimlash masalasi edi.

SSSR parchalangach, uning yadro qurollaridan maʼlum bir qismi Qozogʻiston, Ukraina va Belarus hududida qolgan edi. 1992-yilda MDH (Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi) Sobiq Ittifoqning ballistik va strategik qurollarini Rossiyaga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq, Belarus va Qozogʻiston SSSRning merosxoʻri hisoblangan Rossiyaga yadroviy kallaklarni hech bir gap-soʻzsiz topshirdi. Ukraina esa bu masalada biroz ikkilandi. Bunga sabab Rossiyaning Qrimga daʼvo qilib turgani boʻldi. Biroq shunga qaramay Ukraina Rossiyaga yadroviy raketalarni topshirdi.

Ukraina yadro raketalarini Rossiyaga bermaganida, bugun Rossiya Ukrainaga tajovuz qilmagan boʻlarmidi? Xoʻsh, Ukraina nega yadro raketalarini Rossiyaga berib yuborgan? Bunga nima sabab boʻlgan?

Bugungi maqolamizda shu haqida soʻz yuritamiz.

SSSRning intihosi

80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshiga kelganda, Sovet Ittifoqining  parchalanib ketishi aniq boʻldi. SSSR rahbari Mixail Gorbachyov olib borgan “qayta qurish” siyosatining ilk yillaridayoq mamlakat ichida millatlararo munosabatlar keskinlashdi.

1990-yilda Boltiqboʻyi davlatlari Latviya, Litva, Estoniya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yilda SSSR tarkibidagi boshqa respublikalar ham mustaqil davlatga aylandi. Shunda respublikalar hududida qolgan Sovet harbiy texnikalari, ballistik va taktik yadro raketalarini qanday taqsimlash muammosi paydo boʻldi.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻsha vaqtda sovet yadroviy arsenalining soni 10 200 dan ortiq kallakni tashkil qilgan. Ittifoq parchalangach, bu koʻrsatkich toʻrt baravar qisqargan. Chunki, Sovet Ittifoqining yadro qurollarining maʼlum bir qismi Qozogʻiston, Ukraina va Belarus hududida qolgan edi.

Ukrainada qancha yadro raketa boʻlgan?

1990-yilning boshida Ukraina hududida 1 240 dona yadro raketasi mavjud boʻlgan. Hatto, oʻsha vaqtda Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniyaning yadroviy arsenalining soni bu darajada boʻlmagan. 

Maʼlumotlarga koʻra, oʻsha vaqtda Ukrainada 133 ta “RS-18” rusumli strategik raketa, 46 ta “RS-22” rusumli taktik raketa, 564 ta bombardimonchi samolyot va 3 mingga yaqin taktik yadro qurollari mavjud boʻlgan. Lekin raketa komplekslarini boshqaruv pulti Moskvada joylashgan edi. Yaʼni Ukraina yadroviy qurol boʻlgani bilan raketalarni ishga tushiradigan “yadroviy jomadoncha” Rossiyaning qoʻlida turgan.

Strategik yadro qurollari dushmanning front ortidagi olis masofalarda joylashgan strategik nishonlarini yoʻq qilishga moʻljallangan qurollar hisoblanadi. Taktik yadro qurollar esa dushmanning old tarafida va jang maydonlarida joylashgan nishonlarni yoʻq qilishga moʻljallangan qurollardir.

Sovet Ittifoqining rahbari Mixail Gorbachyov Qozogʻiston, Ukraina va Belarusda qolgan sovet davlatining barcha yadro qurollarini oʻsha hududda qoldirishni reja qildi. 1991-yil 21-dekabr kuni Qozogʻistonning Olmaota shahrida toʻrtta davlat yadro qurolini nazorat qilish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Biroq kutilmaganda Mixail Gorbachyov oʻrnini Boris Yelsin egalladi.

Yangi rahbar kelajakdan hadiksirab Ukraina, Qozogʻiston va Belarusga yadro raketalarini Rossiyaga qaytarish kerakligini taʼkidladi. Rossiyaning talabi bilan Qozogʻiston va Belarus raketalarni qaytardi. Biroq Ukraina bunga biroz ikkilandi. Sababi, oʻsha vaqtda Rossiya Qrimga daʼvo qilayotgan edi. Ayrim ukrainalik siyosatchilar yadro raketalarni saqlab qolish kerakligini aytishdi. Ammo AQSh va Rossiya bunga keskin qarshilik qildi. Amerika Sovet Ittifoqining barcha yadro bombalarini SSSRning merosxoʻri hisoblangan Rossiyada qolishini istadi.

Budapesht memorandumi

1994-yil 5-dekabr kuni Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Budapesht sammitida Ukraina, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSh oʻrtasida shartnoma imzolandi. Unga koʻra, Rossiya Ukraina hududiga hech qachon daʼvo qilmaydigan boʻldi va Qrimga boʻlgan da’volaridan voz kechdi. Buning evaziga Ukraina oʻzidagi ballistik va strategik yadro raketalarini Rossiyaga berdi.

Oʻsha vaqtda Fransiya Prezidenti Fransua Mitteran Ukraina Prezidenti Leonid Kuchmaga “oʻgʻlim. Bu hujjatga ishonma, aldanasan”, degan edi. Lekin Kuchma shartnomani imzoladi.

Budapesht memorandumining mazmuni

Ushbu xalqaro hujjat olti moddadan tashkil topgan. Unga koʻra, Ukraina oʻzining yadro quroliga ega mamlakat maqomidan voz kechadi va yadro quroli arsenalini yoʻq qildi. Shuningdek, memorandumni imzolagan taraflar:

  • Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va mavjud chegaralarini hurmat qilish majburiyatini oladi;
  • Ukrainaning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga nisbatan kuch ishlatish orqali tahdid qilish yoki kuch ishlatishdan tiyilish majburiyatini, shuningdek, ushbu davlatlarning biror quroli Ukrainaga qarshi, oʻz-oʻzini himoya qilishdan boshqa maqsadlardan tashqari, qoʻllanmasligi majburiyatini zimmasiga oladi;
  • Ukrainaga nisbatan iqtisodiy bosim uyushtirmaslikni zimmasiga oladi;
  • Ukraina yadroviy hujumga uchrasa yoki uchrash tahdidi paydo boʻlsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi orqali zudlik bilan amaliy choralarni koʻrish majburiyatini zimmasiga oladi;
  • Ukrainaga nisbatan yadro qurolini ishlatmaslikni oʻz zimmasiga oladi, ushbu davlatlarning oʻzi, hududlari, oʻzining yoki ittifoqdoshlarining qurolli kuchlariga nisbatan hujum uyushtirish holatlari bundan mustasno.

2014-yilda Rossiya mazkur bitimga qarshi o‘laroq Qrimni anneksiya qildi. Yaʼni Rossiya Budapesht memorandumi qoidalarini qoʻpol tarzda buzdi. Biroq Rossiya Qrimni anneksiya qilish vaqtida keng koʻlamli harbiy harakatlar qilmaganini va Budapesht kelishuvi shartlarini buzmaganligini iddao qildi.

Taʼkidlash lozimki, Memorandumning ingliz tilidagi hamda ukrain va rus tillaridagi nusxalarida farq bor. Hujjatning ukrain va rus tilidagi nusxasida xavfsizlik kafolati “гарантия безопасности” soʻz birikmasi orqali ifodalangan boʻlsa, ingliz tilidagi nusxasida “security assurances” soʻz birikmasi orqali ifodalangan. “гарантия” va “assurance” soʻzlarida oʻrtasidagi semantik farq ishtirokchilar tomonidan turlicha talqin etilishiga sabab boʻlgan.

AQShning Ukrainadagi 1998-2000-yillardagi elchisi, Vashingtonning Brukings universiteti eksperti Stiven Payfer soʻzlar oʻrtasidagi farqni quyidagicha izohlaydi:

“Budapesht Memorandumi doirasida taqdim etilgan kafolat vazni NATOning aʼzolariga yoki AQSHning Yaponiya va Janubiy Koreyaga taqdim etgan kafolatlari vazniga teng emas. Kafolat (“guarantee”) NATO va Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya kabi AQSh ittifoqchilari oʻrtasida taqdim etilgan. Unga koʻra zarurat tugʻilganda amerikalik askarlarni kiritishni nazarda tutiladi. Kafolat (“assurance”) esa bunday majburiyatlarni nazarda tutmaydi va Budapesht memorandumining muzokaralar jarayonida biz buni ochiq bayon etganmiz”.

Ukraina yadro qurollarining yoʻq qilinishi

1992-1996-yillar oraligʻida Ukrainadan barcha yadro kallaklar bosqichma-bosqich Rossiya hududiga olib chiqildi. 1996-2001-yillarda ballistik raketalarning shaxtalari yoʻq qilindi. Yadro qurolini eltuvchi ballistik va qanotli raketalar Rossiyaga topshirildi. Yadro qurolini eltishi mumkin boʻlgan strategik bombardimonchi samolyotlar ham Rossiyaga berildi.

Ukrainaning amaldagi Prezidenti Vladimir Zelenskiy Budapesht Memorandumi kafolatlarining taʼminlanmaganini “Ukrainaga nisbatan sotqinlik”, deya baholagan:

“Men buni Ukrainaga nisbatan sotqinlik deya baholayman. Bu katta xato boʻlgan edi. Chunki, Budapesht Memorandumi asosidagi kelishuvlarning bajarilmasligi boshlangan soniyadan eʼtiboran barcha tinchlikparvar diplomatik muzokaralar kuchi “nolga koʻpaytirilishi” lozim. Bundan buyon biz har qanday hujjatga qoʻl qoʻymaylik, davlatlar nimani kelishmasin, doimo “bu shunchaki bir qogʻoz, uning shartlarini bajarmasa ham boʻlaveradi” degan xatar mavjud boʻladi”.

Agar tarixda Ukraina qoʻpol xato qilmaganida edi, bugun uning yerlariga hech kim tajovuz qilolmagan boʻlardi. Hatto, Rossiya Ukraina bilan teng shartlar asosida gaplashishga majbur bo’lar edi.


Ukraina – Rossiya


														
														Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

“Bizning operatsiyamiz shtabi Rossiya hududida, ularning viloyatlaridan biridagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bo…
10:15 / 02.06.2025

														
														Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Bu haqda New York Times nashri Greenpeace tashkiloti hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
12:22 / 28.05.2025

														
														Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Avvalroq, Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putinning vertolyoti dron hujumga uchragani aytilgan edi.
10:03 / 28.05.2025

														
														Rossiya qo‘shinlarini Xarkov va Sumi viloyatlari chegarasida to‘plamoqda

Rossiya qo‘shinlarini Xarkov va Sumi viloyatlari chegarasida to‘plamoqda

Sky News’ning xabar berishicha, Rossiya Xarkov viloyati bilan chegarada 50 mingdan ortiq qo‘shinlarini, jumladan, elita havo…
14:12 / 25.05.2025

														
														Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Ukraina Milliy politsiyasiga ko‘ra, tungi hujum oqibatida 15 kishi jabrlangan.
13:07 / 24.05.2025

														
														Rossiya bitim loyihasini asirlar almashinuvi yakunlangandan keyin Ukrainaga topshiradi

Rossiya bitim loyihasini asirlar almashinuvi yakunlangandan keyin Ukrainaga topshiradi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “kelishuvlarning ikkinchi qismi” ustida faol ishlamo…
09:29 / 24.05.2025

														
														“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskvaga bosim o‘tkazish va uni “o‘z xatti-harakatini o‘zgartirish”ga majburlash uchun hamkorlar…
10:18 / 21.05.2025

														
														Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

Putin Rossiya qo‘shinlari yil yakuniga qadar Ukraina mudofaasini yengib o‘tishiga ishonmoqda

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinlari 2025-yil oxirigacha Ukrainaning mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, Rossiya d…
12:38 / 19.05.2025

														
														Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025

														
														Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025

Bu ham qiziq

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbat…
13:13 / 11.06.2025
Bugundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

Bugundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

10-iyundan 2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujj…
09:21 / 10.06.2025
Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

O‘zbekiston rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy shahrida aho…
12:33 / 10.06.2025
Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Bolgariya Prezidenti O‘zbekiston Senatiga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga rasm…
10:38 / 11.06.2025
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yangi virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yangi virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Shuningdek, Sanepidqo‘mita axborot xizmati fuqarolarni tasdiqlanmagan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgila…
11:24 / 10.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
Kaliforniya shtati Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Kaliforniya shtati Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Da’vo arizasida AQSh prezidenti ma’muriyati federal qonunchilik va Konstitutsiyani buzganligi aytiladi.
11:11 / 10.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!