$
12101.84 UZS
53
153.75 UZS
0.87
13811.83 UZS
70.13
31° Kechasi 18°

Abdulla Aripov ilk bor O‘zbekiston va Qirg‘izistonning bahsli yer masalalariga aniqlik kiritdi

19:36 / 14.11.2022

Bugun, 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputat Doniyor G‘aniyev O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga yoki Qirg‘izistondan O‘zbekistonga berilayotgan yer maydoni ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotganini aytib, ushbu yer maydonlarining toifasi bo‘yicha ma’lumotlarga oydinlik kiritishni so‘radi.

Deputat D. Gʻaniyevning savoliga Bosh vazir A. Aripov tahliliy ma’lumotlar asosida javob qaytardi.

“Qayd etilganidek, haqiqatdan ham, Internet tarmoqlarida tarqalgan ma’lumotda sizlar aytgandek tasdiqlanmagan raqamlar muhokama qilingan. Andijon suv ombori uchun Qirg‘izistonga Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan 1 ming 19 gektar yaylov yer maydoni berilyapti. Albatta suv ombori maydoni 5 ming gektarga yaqin, qolgan yer maydonini qanday kompensasiya qilindi degan tabiiy savol tug‘iladi.

Qolgan 4 ming gektardan ortiq yer maydonlari sobiq Ittifoq davrida (1970 yillarda) Andijon suv ombori uchun O‘zbekiston tomonidan kompensasiya tariqasida berilgan. Arxiv hujjatlarini o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston tomonidan 200 km dan ortiq Kampirobod chap qirg‘oq kanalini qurib berish majburiyati olingan. Afsuski, har xil sabablar bilan ushbu kanal qurilmasdan qolib ketgan. Aynan shu majburiyat bajarilmaganligi sababli, katta miqdordagi 8 mingdan 18 ming gektargacha bo‘lgan yer maydonlari o‘zlashtirilmasdan qolganligi Qirg‘iziston tomonidan uzoq yillar davomida ta’kidlab kelingan.

 

Agar “Andijon” suv omboridan Qirg‘izistonning Botken viloyatigacha ushbu kanal va qo‘shimcha gidrotexnik inshootlarni qurib beradigan bo‘lsak, respublikamiz byudjetidan ko‘p mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi 20 dan ortiq aholi punktlarini ko‘chirishga majbur bo‘lamiz.

Eng achinarlisi, 2 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yer maydonlarini yo‘qotishimiz mumkin edi. Shu bois, Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlaridagi Gʻovasoy uchastkasidagi tog‘li hududdan 12 ming 700 gektar atrofida yaylov yer maydoni kompensasiya tarzida berilishi taklif etilmoqda. Namangan viloyatidan saylangan deputatlarimizning xabari bor, taklif etilayotgan Gʻovasoy uchastkasining 6 ming gektari baxsli hudud bo‘lib, amalda Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan foydalanib kelinmoqda. Hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, 8 ming gektardan ortiq o‘zlashtirilmagan qishloq xo‘jaligi yer maydoni uchun 12 ming 700 gektar yaylov maydonini taklif qilyapmiz.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda amaliyotda chegara bo‘yicha muxokamalarda o‘rtacha bir gektar ekin yeri uchun 2,5 barobar ko‘p yaylov yeri berish qo‘llab kelinmoqda. Taklif etilayotgan qonun loyihasida 19,5 ming gektar emas, balki 13 ming 719 gektar yaylov yer maydonlarini kompensasiya tariqasida Qirg‘iziston tomoniga ajratilishi nazarda tutilmoqda (4 ming 127 gektari oldin berilgan)”,– deydi Bosh vazir Abdulla Aripov.


Bu ham qiziq

Toshkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Toshkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.I.”
14:49 / 26.07.2026
Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi. Qurbon bor

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi. Qurbon bor

Chirchiq shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
11:39 / 25.07.2026
OTMlarga kirish testlari yakunlandi: endi yo‘nalish tanlash boshlanadi

OTMlarga kirish testlari yakunlandi: endi yo‘nalish tanlash boshlanadi

Davlat oliy ta’lim va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan 2026 yilgi test sinovlari 23-iyul kuni …
14:01 / 24.07.2026
Xitoy Belarus va O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi

Xitoy Belarus va O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doi…
09:32 / 24.07.2026
Olimlar inson umrining biologik chegarasini aniqladi

Olimlar inson umrining biologik chegarasini aniqladi

Skolkovo Ilm-fan va texnologiyalar instituti olimlari inson umrining biologik chegarasi mavjud degan xulosaga keldi. Ularnin…
09:42 / 26.07.2026
Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (tezkor avtobus tizimi) yo‘lagini qurish ishlari boshlanadi.

Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (tezkor avtobus tizimi) yo‘lagini qurish ishlari boshlanadi.

24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko…
10:15 / 24.07.2026
Epsteyn ayollar savdosi bo‘yicha xalqaro tarmoq tuzgan — OAV

Epsteyn ayollar savdosi bo‘yicha xalqaro tarmoq tuzgan — OAV

Marhum moliyachi Jeffri Epsteyn 2009-yilda qamoqdan chiqqanidan so‘ng ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilishni to‘xtatmagan,…
09:37 / 26.07.2026
Eron Yevropa Ittifoqini tinch aholiga qarshi hujumlarda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

Eron Yevropa Ittifoqini tinch aholiga qarshi hujumlarda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

“Yevropa Ittifoqi Eron tinch aholisiga qaratilgan hujumlarda AQSh va Isroilga bevosita yordam ko‘rsatdi”, – dedi Eron Tashqi…
12:27 / 25.07.2026
“Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish” – Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish” – Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari poytaxtdagi muhim obyektlarni borib ko‘rdi
22:46 / 24.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!