Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yashirgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro “Do‘stlik” chegara bojxona postining “Chiqish piyoda” yo‘nalishidagi yashil yo‘lak orqali Qirg‘izistonga chiqib ketayotgan bo‘lgan. Bojxona nazorati va shaxsiy ko‘rik davomida uning bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan xorijiy valyutani olib chiqayotgani aniqlangan.
Tekshiruvda jami 64 ming AQSH dollari fuqaroning paypog‘iga yashirilgani ma’lum bo‘lgan. Aniqlangan mablag‘lar belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!