Andijon viloyatida fuqarodan olgan qarzlari evaziga qalbaki AQSh dollari bergan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, fuqaro A.X. fuqaro N.M.dan olgan 13,4 mln so‘m qarzi evaziga notanish fuqarodan sotib olgan qalbaki 50 AQSh dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 1 200 qalbaki AQSh dollarini berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!