Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Human.uz” nashri bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, AOKA huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Raqamli texnologiyalar vazirligiga tegishli so‘rovlarni yuborgan.
Aniqlanishicha, prokuratura organlariga fuqarolardan ushbu internet nashrda ishlovchi xodimlar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan. Ularga asosan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uyda tezkor tadbir tashkil etilgan. Tez orada batafsil ma’lumot berilishi ta’kidlangan.
Raqamli texnologiyalar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, “Human.uz” veb-sayti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i reyestriga kiritilmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududida undan foydalanilishiga chek qo‘yilmagan.
“AOKA huquqni muhfaza qiluvchi organlarini “Human.uz” internet-nashri xodimlari bilan bog‘liq vaziyatda amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishiga hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishiga chaqiradi”, – deyiladi bayonotda.
Qayd etish mumkin, ijtimoiy tarmoq va veb-saytlarda bugun, 27 yanvar kuni Human.uz internet-nashri direktori, bosh muharriri va boshqa xodimlarini o‘zini “organ xodimlari” deb tanishtirgan kishilar tomonidan internet-nashrning ofisidan olib ketilgani, shuningdek, mazkur veb-sayt bloklangani bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!