AQSHda prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratilib, Oq uy yaqinidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Muzeyga tashrif buyuruvchilar endilikda prezidentning ish joyi interyeriga o‘xshash tarzda tayyorlangan ekspozitsiya bilan tanishishi mumkin. Nusxa ham oltin hoshiyali yirik portretlar, vazalar, oltinrang bezaklar va boshqa dekorativ buyumlar bilan bezatilgan.
Muzey boshqaruv direktori Lyuk Buradi rahbarligidagi jamoa Trampning Oval kabinetidagi 24 ta portret nusxasini tayyorlagan. Portretlar uchun ramkalar ham asl nusxalariga mos ravishda tayyorlangan. Dizaynerlar Tramp prezidentlik binosida bo‘lmagan vaqtda Oval kabinetga kirib, undagi buyumlar va bezaklarni o‘rgangan.
Mutaxassislar ayrim buyumlarni 3D skanerlash orqali nusxalagan, Shimoliy Karolina va Kaliforniyadan kelgan ustalar esa devor bezaklari hamda portretlar uchun ramkalarni tayyorlagan. Muzeydagi ekspozitsiyada Oval kabinetdagi kabi ikkita ko‘zgu va Mustaqillik deklaratsiyasining nusxasi ham mavjud.
Tramp ikkinchi prezidentlik muddati boshlangach, Oq uyning ichki ko‘rinishini o‘z didiga moslab qayta bezatgan. U Oval kabinet haqida gapirar ekan, uni Oq uydan ketganidan keyin eng ko‘p sog‘inadigan joy sifatida tilga olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!