Darem universiteti mutaxassislari xalqaro olimlar guruhi bilan birgalikda osmondagi yulduzlarning yangi xaritasini tuzib chiqishdi. Ular tadqiqot uchun “Low Frequency Array” radioteleskopidan foydalanishgan.
Xaritaga 4,4 milliondan ortiq samoviy jism kiritilgan. Ular orasida ulkan qora tuynukka ega galaktikalardan tortib, shiddat bilan oʻsayotgan va Quyosh tizimidan bir necha milliard yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan yangi yulduzlar ham bor. Olimlar xaritaga oʻzaro toʻqnashayotgan galaktika guruhlarini kiritishgan.
Xaritani tayyor holatga keltirish uchun mutaxassislar osmonni 3500 soat mobaynida kuzatishgan. Jarayon davomida ularga maʼlumotlarni qayta ishlashning zamonaviy algoritmlari kerak boʻlgan.
Xarita oʻzida osmonning 27 foiz hududini egallab turuvchi jismlarni jamlagan. Loyiha mualliflari ushbu tadqiqotlar qora tuynuklarning kelib chiqishi va uzoq galaktikalarga oid muhim kashfiyotlar uchun turtki boʻlib xizmat qilishiga umid bogʻlamoqdalar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!