$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

BAA BMTning Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish jahon sammitiga mezbonlik qiladi

15:14 / 13.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yil 1-2-dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasidagi Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari to‘planadigan ushbu forum iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim bo‘yicha strategiyalar va “yashil” energetikaga o‘tishni moliyalashtirish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Iqlim o‘zgarishi muammosi Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqqan ekologik inqirozni boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun eng o‘tkir muammolardan biriga aylanmoqda.
O‘zbekistonda “yashil” kun tartibidagi masalalarni ilgari surishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish hamda qayta tiklanuvchi energetika ulushini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Oldinroq xabar berganimizdek, 2023-yil 13-17-noyabr kunlari Samarqand shahrida 130 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari ishtirokida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Central Asia: Combating desertification with Nature-Based Solutions |  PreventionWeb

Kelgusi yilda Samarqandda Xalqaro iqlim forumi bo‘lib o‘tadi, unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi loyihasi muhokama qilinadi.

Dubay shahrida bo‘lajak SOR-28 da O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surishi, aytilmoqda.


Bu ham qiziq

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi…
11:03 / 08.10.2026
“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish takliflarini ilgari surdi

Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish takliflarini ilgari surdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy…
16:33 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!