Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining (ÖzLiDeP) navbatdagi Kongressi 4-dekabr kuni bölib ötadi. Unda partiyaning yangi Siyosiy dasturi hamda Ustavining yangi tahriri muhokama qilinib, ular yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Kongressga tayyorgarlik doirasida mamlakatning barça hududlarida hududiy konferensiyalar ötkazilib, yakunlangan. Uşbu yiğilişlarda partiyaning kelgusidagi faoliyati, siyosiy dasturini yangilaş va taşkiliy tuzilmasini takomillaştiriş masalalari körib çiqilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, tayyorgarlik jarayonida 17 mingta boşlanğiç partiya taşkilotida ötkazilgan yiğilişlarda 1,5 million kişi iştirok etgan. Şuningdek, 208 ta tuman va şaharda taşkil etilgan konferensiyalarda 22 mingdan ortiq iştirokçi öz takliflarini bildirgan.
Hududiy konferensiyalarda 4 200 nafardan ziyod kişi qatnaşgan bölsa, navbatdagi Kongress uçun 1 500 nafar delegat saylangan.
Yangi Siyosiy dastur loyihasini işlab çiqişda hududlardan kelib tuşgan qariyb 6 mingta taklif inobatga olingan. Unda inson qadri, ijtimoiy adolat, iqtisodiy erkinlik, qonun ustuvorligi, yaşil taraqqiyot, tinçlik va xavfsizlik ustuvor yönalişlar sifatida belgilangan.
Bu haqda OAV uçun kontent tayyorlaş markazida ÖzLiDeP mas’ul xodimi Nozina Isakova iştirokida ötkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Eslatib ötamiz, 4-dekabr kuni bölib ötadigan Kongressda yangi Siyosiy dastur va Ustavning yangilangan tahriri muhokama qilinadi. Yakunda tegişli qarorlar qabul qilinişi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!