Tunda La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “El-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
41-daqiqada Kilian Mbappe hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Rafinya muvozanatni tikladi. 88-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Kamavinganing uzatmasidan so‘ng Mbappe yana bir bor darvozani ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi. Qolgan vaqt davomida kataloniyaliklar hisobni tenglashtira olmadi.
Shu tariqa, madridliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Joze Mourino shogirdlarining ochkolari 24 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Barselona” esa 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Klassikolar tarixida esa “Real Madrid” g‘alabalar sonini 107 taga yetkazib oldi. “Barsa”da esa 106 ta. 52 o‘yinda durrang qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!