OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.
Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötkazib, 3:2 hisobida ğalaba qozondi va guruhdan çiqiş imkoniyatini saqlab qoldi.
Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçi 4-turida «Nasaf» safarda «Al-Quvayt» (Quvayt) bilan öynadi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Elit Osiyo Çempionlar Ligasidan keyingi örinda turadi.
4-noyabr kuni ötkazilgan A guruhi bahsi mehmonlar uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Birinçi bölimda «Al-Quvayt» ketma-ket ikki bor gol urdi. «Nasaf» ikkinçi bölimda faollaşdi va Bobur Abduxoliqov (2) bilan Oybek Rustamov gollari evaziga ğalabani ilib ketdi.
«Nasaf» uşbu natijadan söng, 4 oçko bilan guruhda uçinçi örinni egallab turibdi. «Al-Quvayt» 6 oçko bilan ikkinçi örinda.
«Nasaf» turnirdagi navbatdagi öyinini 25-noyabr kuni öz maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubiga qarşi ötkazadi.
Osiyo Çempionlar Ligasi 2 turnirida guruhda 1- va 2-örinni egallagan klublar pley-off bosqiçiga yöl oladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!