$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda

21:51 / 30.04.2023

“O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 markali benzin narxi yana pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mart oyining o‘rtalarida UNG Petro benzin quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin uchun bahorgi chegirma e’lon qilingan bo‘lib, 7 500 so‘mdan sotilmoqda. 30-aprel kuni UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatilishi haqida xabar chiqarildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, ushbu sanadan boshlab “O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini narxi oshirilmaydi. UNG Petro mas’ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan va bu holat bo‘yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

“Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko‘rilayotgan choralar natijasida Ai-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7 500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan vazirlik o‘z axborotida.

Bu ham qiziq

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumani “Nomdanak” MFYning ayrim hududlariga 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy …
10:56 / 08.05.2025
Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airports ma'lumotlariga ko'ra, birinchi reys joriy yilning 23-mayiga rejalashtirilgan.
19:39 / 07.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga, 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy h…
09:34 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!