Bill Geyts hayotini sobiq rafiqasi Melinda Geyts bilan birga oʻtkazgani uchun zarracha afsusda emasligini aytib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, oʻtmishga qaytish imkoni boʻlganida, Melinda Geyts bilan ikkilanmasdan yana bir marta oila qurardi.
“Bolalar uyni tark etganlarida har bir nikohda oʻzgarishlar sodir boʻldi. Mening nikohim ming afsuski, ajrim bilan yakun topdi. Ammo, oʻylashimcha, bu ajoyib ittifoq edi, undagi hech narsani oʻzgartirishni istamasdim. Agar imkoniyat boʻlganda Melindadan boshqa birovga uylanmasdim. U bilan qaytadan oila qurgan boʻlardim”, deydi milliarder.
Tadbirkor endi uylanmaslikka qaror qilgani, ammo har bir odamga oila qurishni tavsiya etishi haqida aytib oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, Bill va Melinda Geyts 27 yillik turmushdan keyin oʻtgan yilning avgust oyida ajrashishga qaror qilgan edilar. Keyinchalik, Melinda Geyts ajrim qaroriga kelish oson boʻlmagani, bunday xotima yillar davomida yigʻilib qolgan tushunmovchiliklar natijasida yuzaga kelganini aytib oʻtgan.
Sobiq juftlik oila qurish avvalidan nikoh shartnomasini imzolashmagan, shunga qaramasdan ajrim vaqtida juftlik oʻrtasida hech qanday muammo kelib chiqmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!