$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

"Biz barcha zaifalarni o‘zimizning qaramog‘imizdagilar bilan teng ko‘raylik" — Homidjon domla Ishmatbekov

12:36 / 07.02.2023

So‘nggi paytlarda ko‘p kuzatilayotgan ayol-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik aslida og‘ir gunohdir. Bu haqda
Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fikr bildirdi.

“Jamiyatimizda erkaklar kuch-qudrat egasi ekanini qaysidir darajada suiste’mol qilib, huzurlaridagi zaifalarga nisbatan mana shunday tazyiq o‘tkazayotgan holatlar uchrab turibdi. Agar biz buni vaqtida muolaja qilmasak, ayollarning haq-huquqi naqadar yuksak ekanini, dinimiz ularga izzat-ikrom ko‘rsatish naqadar savobli ish ekanini bayon qilmasak, aksincha, ularga ziyon yetkazish ertaga qiyomatda zulmat bo‘lishligini aytmas ekanmiz, shu ishlarga qo‘l urayotgan kishilar bu dunyoda ham, oxiratda ham juda ko‘p azob va ofatlarga mubtalo bo‘ladi”, — deydi domla.


Uning qayd etishicha, ayollar, kim bo‘lishidan qat’i nazar, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish zarur. Har bir ayol e’zozlanishi, asrab-avaylanishi kerak.

“Dinimiz ayollarga bo‘lgan hurmati, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, onasi bo‘lsa, bosh ustiga, jufti haloli bo‘lsa, uni e’zozlashi, mehr berishi uning vazifasi, shu sababli uni nikohiga olgan. Opa-singillari bo‘lsa, bu uning jigarlari, silayi-rahm shuni taqozo qiladi. Yaqin qarindoshlari bo‘lsa, ularga hurmat-e’tibori, ammo boshqa begona bo‘lsa ham, u mo‘mina-muslima bo‘lsa, dindoshlik haqi bor, g‘ayridin bo‘lsa, insonlik, zaifalik haqi bor.

Biz hozir o‘z qaramog‘imizdagilarning aziyat chekayotganini ko‘ryapmiz, eshityapmiz, o‘qiyapmiz. Bu bedodlik, buning ortidan ertaga boshqa kulfatlar kelishi mumkin. Bir insondan sodir bo‘lgan gunoh tufayli jamiyatda qancha-qancha yaxshiliklar bo‘lmay qo‘yadi. Biz bilmagan joyda bir zaifa ozor chekayotgandir. Ana shu tufayli biz yaxshiliklardan mahrum bo‘lmaylik. Biz barcha zaifalarni o‘zimizning qaramog‘imizdagilar bilan teng ko‘raylik”, — deya ta’kidlaydi Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov.


Bu ham qiziq

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respubl…
20:32 / 12.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!