Yakshanba kuni kechqurun Pokiston havo kuchlarining Afg‘onistonning Paktiya, Paktika va Kunar viloyatlariga bergan havo hujumlari tinch aholi orasida qurbonlarga olib keldi, deb xabar berdi Afg‘oniston Oliy Rahbarining matbuot kotibi Zabihulla Mujohid dushanba kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Kecha kechqurun Pokiston Paktika viloyatidagi Giyan tumanini, Paktiya viloyatidagi Tsamkani tumanini va Kunar viloyatidagi Maravar tumanini bombardimon qildi. Ushbu hujumlarda o‘nlab tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi va yaralandi", – deb yozgan Mujohid.
Matbuot kotibi Pokistonning harakatlarini “qo‘rqoq, tajovuzkor va vahshiy jinoyat” deb atadi va ularni qoraladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!