Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘llaganlarga minnatdorlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan xorijiy davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda O‘zbekiston fuqarolariga samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Davlat rahbari tabrik va ezgu tilaklarni ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga bildirilgan hurmat ifodasi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, prezident Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha vatandoshlarga tashakkur bildirib, yuksak maqsadlarga xalqning fidokorona mehnati bilan erishilishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan Rossiya, Xitoy, Turkiya, Italiya, Janubiy Koreya, Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tabrik yo‘llagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!