Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov iqtisodiyotning bir qator sohalari uchun yengilliklarni nazarda tutuvchi Soliq tizimi va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari va sun’iy intellektni ishlab chiqish sohasidagi kompaniyalar va tadbirkorlarni besh yil muddatga soliq to‘lashdan ozod qilish taklif qilinmoqda. Imtiyozlarni blogerlar, startaplar, autsorsing kompaniyalari, kino, video va telemahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va boshqa ijodiy sohalar vakillari olishlari mumkin. Ular uchun daromad solig‘ini 5 foiz va sug‘urta badallarining imtiyozli stavkasini o‘rtacha ish haqining 12 foizi darajasida belgilash taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, oltin va kumushning jahon narxlarini hisobga olgan holda, tovarlarni chegaradan noqonuniy olib kirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda oltin qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalar uchun soliq yukini oshirish taklif etilmoqda.
Farmon rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!