$
12012.21 UZS
7.46
158.14 UZS
1.03
13731.16 UZS
39.74
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

09:54 / 01.07.2026

2026-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda fuqarolar hayoti, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, uy-joy va tadbirkorlik sohalariga oid qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.

Pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, pensiyalar, nafaqalar hamda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi. Yoshga doir eng kam pensiya 983 ming so‘m, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 million 83 ming so‘m, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori esa 504 ming so‘m etib belgilanadi.

Nasldor buzoqlar uchun subsidiya beriladi

Sun’iy urug‘lantirish orqali olingan har bir buzoq uchun 500 ming so‘m, embrion ko‘chirib o‘tkazish orqali olingan buzoq uchun esa 700 ming so‘m subsidiya ajratiladi. Shuningdek, 2029-yil 1-yanvargacha xorijdan olib kiriladigan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar QQSdan ozod etiladi.

Elektron tijoratda bond omborlari tizimi ishga tushiriladi

2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida elektron tijorat uchun maxsus bond omborlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu omborlar rezident va norezidentlarga elektron savdo platformalari orqali sotiladigan tovarlarni vaqtincha saqlash imkonini beradi.

Subsidiya mablag‘larini omonatda saqlash imkoniyati yaratiladi

Subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar tijorat banklarida maxsus maqsadli ipoteka omonati hisobvarag‘ini ochib, dastlabki badal uchun ajratilgan mablag‘larni saqlashi va ko‘paytirishi mumkin bo‘ladi.

Toshkentda “Mening uyim” tizimi joriy etiladi

Poytaxtdagi ko‘p kvartirali uylarda umumiy yig‘ilishlar, boshqaruv qarorlari, shartnomalar, hisobotlar va murojaatlar faqat “Mening uyim” elektron tizimi orqali yuritiladi. Mazkur tartib 2027-yildan boshlab butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.

Korrupsiya haqida xabar berganlar himoya qilinadi

Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar bergan shaxslarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan himoya orderi beriladi. Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Bepul rejali statsionar tibbiy yordam yo‘lga qo‘yiladi

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etilgan tibbiyot muassasalarida fuqarolar elektron navbat asosida bepul rejali statsionar davolanish huquqiga ega bo‘ladi.

Mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yangi tartibda to‘lanadi

Rasmiy band bo‘lgan fuqarolarga homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamg‘armasi tomonidan to‘lab boriladi.

Kvartira to‘lovidan qarzdorlarga elektr uchun to‘lov cheklanadi

Ko‘p kvartirali uylarda yashovchi mulkdorlar har oyning 15-sanasigacha majburiy badallarni to‘lamasa, qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi.

Xarid cheki orqali avtomobil yutib olish imkoniyati yaratiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid cheklarining “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi asosida yutuqli o‘yinlar tashkil etiladi. Ishtirokchilar avtomobil va boshqa sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


O‘zbekiston


														
														Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul soat 20:00 dan 11-iyul soat 20:00 gacha TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
17:51 / 10.07.2026

														
														900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

Xitoy janubidagi Guansi provinsiyasida kuchli suv toshqinlari oqibatida ilon fermasidan qariyb 900 ta ilon qochib ketdi. Bu …
16:59 / 10.07.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston—Fransiya ishbilarmonlar ken…
09:28 / 10.07.2026

														
														Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada h…
16:07 / 09.07.2026

														
														O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekiston aholisining 9,7 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
15:43 / 09.07.2026

														
														10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:22 / 09.07.2026

														
														Farg‘onada 44 yoshli ayol shag‘al uyumiga qariyb 6 kilogramm gashish yashirgani aniqlandi

Farg‘onada 44 yoshli ayol shag‘al uyumiga qariyb 6 kilogramm gashish yashirgani aniqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ayol avval ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.
17:11 / 08.07.2026

														
														Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

2025–2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafa…
16:33 / 08.07.2026

														
														9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:22 / 08.07.2026

														
														Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtas…
14:45 / 08.07.2026

Bu ham qiziq

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7-iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib E…
10:04 / 08.07.2026
Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

2025–2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafa…
16:33 / 08.07.2026
Makron Anqarada tongni yugurish bilan boshladi

Makron Anqarada tongni yugurish bilan boshladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATO sammiti doirasida Turkiyada bo‘lib turibdi. U bugun, 8-iyul kuni Anqaradagi tongni …
16:22 / 08.07.2026
O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekiston aholisining 9,7 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
15:43 / 09.07.2026
Tramp Anqaraga shaxsiy zirhli limuzini va maxsus ko‘chma hojatxonasi bilan keldi

Tramp Anqaraga shaxsiy zirhli limuzini va maxsus ko‘chma hojatxonasi bilan keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida ishtirok etish uchun Anqaraga mingga yaqin xavfsizlik va xizmat xodimlari, dunyo…
16:59 / 08.07.2026
“Lans” Husanovni qanday kashf etgani ma’lum bo‘ldi

“Lans” Husanovni qanday kashf etgani ma’lum bo‘ldi

“Manchester Siti” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning agenti G‘ayrat Hasbiullin futbolchin…
17:05 / 08.07.2026
Farg‘ona shahrida 1,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari fosh etildi

Farg‘ona shahrida 1,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoy…
10:15 / 08.07.2026
Mehnat nizolari bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Mehnat nizolari bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Oliy sud Rayosati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllan…
09:24 / 10.07.2026
Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtas…
14:45 / 08.07.2026
Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etgan pedagoglar bir yil davomida maktabgacha ta’lim …
14:48 / 09.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!