$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

30-iyundan Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

17:22 / 29.06.2026

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026-2027-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish sanalarini e’lon qiladi:

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Bakalavr Magistratura Modul ta’lim tizimi);

Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy nomidagi islom instituti va barcha o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga qabullar 2026-yil 30-iyundan 20-iyulgacha davom etadi.

Oliy diniy ta’lim muassasalari bakalavr bosqichiga o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

xorijiy davlatlardagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asli ko‘rsatiladi).

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi;

chet tilini bilishi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).

Toshkent islom institutining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

oliy diniy ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

arab tili bo‘yicha kamida S1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asli ko‘rsatiladi).

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi. Toshkent islom instituti Modul ta’lim tizimiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;

3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilidan tavsiyanoma;

mehnat daftarchasi nusxasi (tasdiqlangan holda).

Abituriyentlarga qulaylik: Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish istagidagi abituriyentlar o‘zlariga yaqin bo‘lgan diniy ta’lim muassasasining qabul hay’ati orqali respublikadagi istalgan diniy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishlari mumkin.

Eslatma: Diniy ta’lim muassasalarining test sinovlarida ishtirok etishi uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Joriy yilda maktab, akademik litsey yoki kollejni tamomlab, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno.


O‘zbekiston


														
														Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida erining qonuniy rafiqasi va uning ikki qiziga piçoq bilan hujum qilgan 29 yoşli ayolga s…
11:59 / 26.10.2026

														
														Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026

														
														Ilon Mask AQSHdagi eng yirik siyosiy donorga aylandi

Ilon Mask AQSHdagi eng yirik siyosiy donorga aylandi

Milliarder Ilon Mask AQSHda Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 446 million dollar ajratib, mamlakatdagi e…
09:57 / 26.10.2026

														
														Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25-oktabrga o‘tar kechasi qishki vaqtga o‘tdi. Shu munosabat bilan soat millari bir soat orqag…
09:54 / 26.10.2026

														
														Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berildi

Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berildi

Havo haroratining pasayishi va isitish mavsumining boshlanishi munosabati bilan gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish yuzasi…
09:31 / 26.10.2026

														
														20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mi…
09:25 / 25.10.2026

														
														Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘l…
09:20 / 25.10.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026

														
														30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026

														
														Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026

Bu ham qiziq

“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

Tunda La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “El-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qi…
09:27 / 26.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil …
17:05 / 25.10.2026
Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik …
10:57 / 22.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!