Kecha Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash bo‘yicha katta tashabbus ilgari surilgan edi.
Bobur siymosini abadiylashtirish maqsadida ulug‘ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etiladi.
Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini o‘tkazishni taklif qildi. G‘oliblarga avtomobil beriladi.
Umuman, mutasaddilarga shaharni ma’rifat va madaniyat markaziga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!