$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

“Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerak”, – Mirziyoyev

12:36 / 05.03.2025

Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerak. Bu haqda bugun, 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“102” xizmati orqali kelib tushgan jinoyat haqidagi xabarlarni avtomatik tarzda ro‘yxatga olish, ya’ni, har bir murojaatni “raqamli izi” qoladigan tizim yaratilgani o‘z natijasini berdi.

Lekin, ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurgani qayd etildi.

Yangi ichki ishlar vaziriga har bir mahalladagi profilaktika maskanlarini kuzatuv kamerasi va har bir inspektorni “bodi kamera” bilan ta’minlab, huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi platformani ishga tushirish topshirildi.

Jinoyatlarni hisobga olish tizimini to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi. Prokurorlar tergov ustidan nazoratni susaytirib yuborgani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, sudlar tomonidan 637 ta jinoyat ishi kamchiliklari uchun tergovga qaytarilgan. Bosh prokuratura tergov sifatini oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yanada qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.

Bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, tizimli ravishda jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaliklarini o‘tkazib borish muhimligi ta’kidlandi. Parlamentdagi mas’ul qo‘mitalar mahallagacha tushib, har bir jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va ichki ishlar boshliqlarini oldiga aniq vazifa qo‘ysa, bu borada yaxshi tajriba bo‘lishi qayd etildi.

Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziriga har chorakda Milliy kengash oldida, viloyat, tuman prokurorlari va ichki ishlar boshliqlari esa har oyda hududiy kengashlarda hisobot beradi va jamoatchilikka murojaat bilan chiqadi. 

“Murojaat deganda, umumiy gaplar kerak emas. Bunda har bir soha va jinoyatchilik turi bo‘yicha oldini olish, omillarini bartaraf etish borasida aniq qiladigan ishlarini aytishi kerak”, dedi Prezident.

Milliy kengash har oyda tuman va shaharga tushib, o‘z yig‘ilishini bevosita ichki ishlar bo‘limlarida o‘tkazishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.


O‘zbekiston


														
														Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
14:55 / 24.06.2025

														
														O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025

														
														Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025

														
														24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:36 / 23.06.2025

														
														Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025

														
														Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025

														
														O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi”, – deb xabar bermoqda “O‘zg…
14:35 / 23.06.2025

														
														O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘…
12:25 / 23.06.2025

														
														Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025

														
														23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
13:16 / 22.06.2025

Bu ham qiziq

50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.
13:07 / 21.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025
Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga…
14:35 / 24.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvida Angliyaning “Manchester Siti” klubi BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qars…
09:49 / 23.06.2025
Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
11:14 / 24.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025
Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda Vatani…
14:32 / 21.06.2025
Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025
Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!