$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

“Bu ikki pedofil piramidaning uchi, xolos”. Xorazmdagi voqeaning yangi tafsilotlari oshkor bo‘ldi

15:31 / 02.04.2023

Xorazm viloyatida 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelingani haqida xabar qilingandi. Ushbu xabar Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Oilaviy mehribonlik uyi rahbari o‘z vasiyligidagi 3 nafar qizni tanlab olgan va 10 oy davomida (2021-yil may – 2022-yil fevral) moddiy rag‘bat evaziga turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan. Ma’lum qilinishicha, sud jarayonida barcha ayblanuvchilar “qizlar buni o‘z ixtiyori bilan qilgani, ularni hech kim majburlamaganini” aytgan.

Sud hukmiga ko‘ra, mehribonlik uyi mudirasiga 5 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Yosh bolalar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ikki mas’ulga esa 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi belgilangan. Bu vaqt davomida ularga 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish, shuningdek, probatsiya organlarini ogohlantirmasdan yashash joyini o‘zgartirish va yashash tumani chegaralarini tark etish taqiqlanadi.

“Bu qandaydir tizimli jarayon”

Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayevning fikricha, amaldorlarning jabrlanuvchi qizlar bu ishlar bo‘yicha qayergadir shikoyat qilib bormasligiga ishonchi komil bo‘lgan.

“Meni nazarimda bu ishda bir qiziq jihat bor. Xabarlarda yozilyapti-ku, nafaqat viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoki favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, balki boshqalar ham bo‘lgan va ular bu ish bilan muntazam (oylab, ehtimol, yillab) shug‘ullanishgan.

Ular jabrlanuvchi qizlar bu ishlar bo‘yicha qayergadir shikoyat qilib bormasligiga ishonchi komil bo‘lgan. Shuning uchun ham qo‘rqmay oylab, ehtimol, yillab shu ish bilan shug‘ullanishgan. Nafaqat ular, katta ehtimol bilan, boshqalar ham.

Bu hali bor-yo‘g‘i adliya boshqarmasi, FVB – tayinli qudrati yo‘q tashkilot vakillarining qilmishi. Ularki shunchalikka borgan bo‘lsa, qudratlilari haqida o‘ylashga ham qo‘rqasan. Bu qandaydir tizimli jarayon, an’anami, odatdagi ishdek bo‘lib qolgan narsa, nazarimda” – deya xavotirli post joylagan u.

“Do‘ppi tor kelib qolganidan noiloj berilgan bayonotlar”

Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev vakolatli davlat tashkilotlari ushbu holatdan ancha avval xabardor bo‘lganini, ammo faqat ijtimoiy tarmoqqa tarqalgandan so‘ng “soxta achinishlarga boy bayonotlar” berayotganini ta’kidladi.

“Kecha Irina Matviyenko ushbu voqealar haqida batafsil ma’lumot e’lon qilgach hamda buning natijasida ijtimoiy tarmoqlar portlagach, birdaniga hamma tashkilot "tilga kirib qoldi".

Senat ham, Oliy Sud ham, Adliya va FVV ham, Bolalar Ombudsmani ham birdaniga o‘zidan sipo yasab olib, ushbu voqeadan chuqur qayg‘uda ekanligi, ishni nazoratga olishgani haqida birin-ketin bayonotlar berishdi.

Bularning barchasi soxta achinishlarga boy bayonotlar. Xuddiki o‘zini hech narsadan xabari yo‘qday tutib, do‘ppi tor kelib qolganidan noiloj berilgan bayonotlar. Agar ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qahr va g‘azab sochmaganda edi, ushbu tashkilotlar ikki dunyoda ham bu voqeaga e’tibor qaratib o‘tirmasdi.

Yoki agar ular rostdan bugungi kungacha bu voqeadan bexabar bo‘lgan bo‘lishsa, unda bu yanada yomon. Demak, ular bir tiyinlik tayinli ish qilishmayapti, o‘z vazifasini tayinli bajarishmayapti degani. Vaholanki tizim ichida turib, bu voqeadan bexabar qolib ketish uchun ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lish kerak”, – deb yozadi u.

“Bu ikki pedofil piramidaning uchi, xolos”

Publisist va bloger Nikita Makarenko ushbu ishda aybdor deb topilgan ikki amaldor shunchaki piramidaning yuqori qismi ekanini aytdi.

“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki sudlangan pedofil piramidaning tepasidagi piyodalar xolos. Xorazmda eng katta mansabdorlardan iborat pedofillar guruhi bo‘lgan. Ular jazodan butunlay qutulib qolishdi.

Ayni paytda qizlarning hayoti xavf ostida. Zudlik bilan ularni Toshkentga olib kelinmasa, guvoh sifatida ularni o‘ldirishlari mumkin. Ularni qutqaring”, – deb yozdi Makarenko.

Vaziyat to‘g‘risida mansabdorlarga xabar berilgan

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko (loyiha Urganchdagi hodisa to‘g‘risida birinchi bo‘lib ochiq gapirgan) fevral boshidayoq Senatda xotin-qizlar va bolalar himoyasini kuchaytirish haqidagi o‘zgartishlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida 1-sonli oilaviy bolalar uyidagi vaziyat yuzasidan axborot berganini ma’lum qildi.

“Bu keysni fevral boshida Senatda ishchi guruh yig‘ilishida tilga olgandim. Zalda senatorlar, Adliya vazirligi, Oliy sud va boshqa instantsiyalar vakillari o‘tirishgandi. Eshitishdi, shokka tushishdi, hech narsa qilishmadi”, – deya ma’lum qildi faol.

“Mart oxirida yozgan maqolam ulkan rezonans, izohlar, noroziliklarni keltirib chiqardi. Biroq instantsiyalar bu haqda avvalroq bilmaganmidi? Ular vaziyatni to‘g‘irlasa bo‘lmasmidi? Xalqning noroziligini kutib o‘tirmasdan protest kiritish, qarorni qayta ko‘rib chiqish va odamlarga boshqa natijani ko‘rsatsa bo‘lardi-ku. Shuning iloji bor edi-ku”, – deb yozadi u.

Xorazmdagi voqea bo‘yicha sud hujjatlarida yana uch nafar shaxs nomi tilga olingan

Shuningdek, jurnalist Irina Matviyenkoning Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi materiallaridan keltirishicha, sud hujjatlarida yana uch nafar shaxs nomi tilga olingan. 

"F.Sh., Sh.A., K.A., K.B. va A.O.lar 2021-yilning may oyidan 2022-yil fevraligacha Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan doimiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lgan", – deyilgan jinoyat ishi materiallarida. 

"F.Sh., K.B. va A.O.lar ham mehribonlik uyining voyaga yetmagan qizlarini bir necha bor yo‘ldan urgan. Biroq, ular aybdor deb topilmadi, sud ularni hatto ayblanuvchi sifatida ham ko‘rmadi, ular guvoh sifatida o‘tishdi. Nega?", – deya izoh qoldirgan I.Matviyenko.


Bu ham qiziq

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025
O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi tayinlandi

“O‘zbekistonning Nepaldagi birinchi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev ushbu mamlakat Prezidenti Ramchand…
12:34 / 13.12.2025
Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Namangan bo‘linmasi Kosonsoy tumani yuriskonsulti mahalliy fuqarodan 2 …
09:31 / 14.12.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘rav…
16:51 / 13.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!