$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Bu savob ishning ajr-u mukofoti juda ulkan – Prezident (foto)

18:27 / 21.04.2022

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari chog‘ida oilaviy bolalar uyi tashkil etgan Husan Xolliyev va Gulbahor Xonimova, Shokir Suyunov va Gulbahor Hamidova, Baxtiyor To‘rayev va Gulbahor Allanazarova oilalari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlatimiz siyosatini amalga oshirib, bolalarning boshini silab, oilangiz bag‘riga olganingiz uchun sizlarga ta’zim qilib, rahmat aytaman. Siz o‘zligimizni, xalqimiz ma’naviyatini namoyon etib, namuna bo‘layapsiz. Bu qiyin, buni hamma ham tushunmasligi mumkin. Lekin bu savob ishning ajru mukofoti juda ulkan. Siz tarix yaratayapsiz, o‘zingizga ma’naviy haykal qo‘yayapsiz. Xalqimiz bunday olijanob fazilatlarni yuksak qadrlaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bolajonlarga ham murojaat qilib, dalda berib: “Hayot o‘nqir-cho‘nqir, sinovlardan iborat. Hozir sizlar uchun sinov. Lekin, men ishonaman, kelajakda tengdoshlaringga o‘rnak bo‘lasizlar. Mehnat, mashaqqatsiz muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Men ham bolaligimda qiyinchilik ko‘rib, katta bo‘lganman. Sizlar har doim davlatimizning e’tiborida bo‘lasiz: ta’lim-tarbiyangiz, o‘qishlarga kirishingizni nazoratga olamiz. Xudo xohlasa, kamolingizni ko‘rish hammamizga nasib etsin”, – dedi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida jami 16 ta oilaviy bolalar uylari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 98 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Qashqadaryo viloyatida birinchilardan bo‘lib, Kitob tumanidagi 5-son va Qamashidagi 4-son Mehribonlik uylari yopilgan edi.


Bu ham qiziq

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025
Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do…
15:14 / 12.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!