2021-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotining bu yilgi sovrindorlari jurnalistlar – filippinlik Mariya Ressa hamda rossiyalik Dmitriy Muratovlar bo‘ldilar.
Tadbir Norvegiya poytaxti Osloda, shahar Ratushasida bo‘lib o‘tdi. Norvegiya Nobel qo‘mitasi bu yilgi laureatlarni oktyabr oyida e’lon qilgandi, Muratov va Ressa "demokratiya va mustahkam tinchlik belgisi bo‘lmish fikr erkini himoya qilganligi" uchun mukofotga loyiq ko‘rildilar.
Tadbir davomida laureatlar hamda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori, o‘tgan yilgi mukofot sohibi Devid Bizlilar Nobel leksiyalari o‘qidilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!