Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Rustam Sa’dullayev tavallud topgan kun. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Aktyor “Laylak keldi, yoz bo‘ldi”, “Sevishganlar 1-2”, “Qo‘rqmas”, “Ikki askar qissasi”, “Bomba”, “Yaratganga shukur”, “So‘qirlar”, “Kechir”, “O‘g‘rigina kelin”, “Hayrat”, “Jangga faqat “qariyalar” boradi” kabi ko‘plab milliy va xorijiy filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.
Rustam Sa’dullayev ayni vaqtda BDKU (VGIK) Toshkent filiali talabalariga aktyorlik mahoratidan saboq berib kelmoqda. Shuningdek, ushbu universitetning faxriy professori hisoblanadi. 2023-yilda ijodkor “Billur Turandot” birinchi teatr mukofotining XXII marosimida “Shon-sharaf, qadr-qimmat va tomoshabinlar oldidagi xizmatlari uchun” faxriy mukofoti bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!