$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Buxoro, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida narkosavdogarlar ushlandi

10:48 / 18.05.2023

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1970-yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, hozirda Kogon tumanidagi fermer xo‘jaligida qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro ushlandi va undan kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 581 gr. opiy moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida Buxoro shahrida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro ushbu narkosavdogardan muqaddam 158 gr. opiy moddasini sotib olganligi aniqlanib, undan ham ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga olib kelingan.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa “Surxondaryo – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari tomonidan “Sirdaryo” YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro yonida 286 gr. gashish moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan olib kelingan.

Bu yo‘nalishda davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.

Dastlab, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashina “Quva -Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilganda, u xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga uringan.

Biroq tezkor guruh tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida avtomashina to‘xtatilib, uning haydovchisi va salonida bo‘lgan 2 nafar fuqaro ushlandi hamda ular tomonidan yo‘l chetiga uloqtirib yuborilgan 905 gr. gashish moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

So‘ngra Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina Marg‘ilon shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 925 gr. gashish moddasi borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib ushbu narkotik moddalarni Tojikiston Respublikasidan buyurtma qilib, Qirg‘iziston Respublikasi orqali olib keltirgan Beshariq tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs ham ushlandi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 957 gr. gashish moddasini olib, yo‘lovchi mashinada Quva tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

“Namangan – Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi Qo‘qon shahri hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida 833 gr. gashish moddasi borligi ma’lum bo‘ldi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Bu ham qiziq

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!