Buxoro viloyati gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan reydlar vaqtida qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Xususan, Buxoro tumanidagi “Gulshanobod” MFYda joylashgan “D.J.2.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida xatlov o‘tkazilganda, iste’molchi ta’minot tashkiloti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra keltirilgan zarar 1 milliard 160 million so‘mni tashkil qilgan.
Yana bir holat viloyatning Shofirkon tumanida qayd etildi. “Mingchinor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X.B. o‘z xonadonidagi issiqxonani qizdirish maqsadida hisoblagichdan tashqari tarmoq tortib, “zangori yoqilg‘i”dan o‘g‘rincha foydalanib kelayotgani aniqlangan. Holat bo‘yicha 135 million 360 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Barcha holatlarga tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarda yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!