Joriy yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida YPX xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 09:05 da Buxoro viloyati Vobkent tumani Imom Buxoriy ko‘chasida 1987-yilda tug‘ilgan YPX xodimi Yo. Mavlonov o‘ziga tegishli Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2009-yilda tug‘ilgan S.N.ni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda yengil tan jarohatlari olgan. Xodim jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida uni shifoxonaga olib borgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xodim xizmat vaqtida, hushyor holatda bo‘lgan va avtomobilni boshqarish uchun zarur barcha hujjatlarga ega bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa “yopib yuborilmoqda” degan asossiz xabarlarni tarqatmaslik so‘ralgan. Holat to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!