$
11833.37 UZS
35.91
139.79 UZS
0.02
13577.61 UZS
-30.76
31° Kechasi 18°

Buxorodagi “Talipoch qal’a darvozasi”ning bir qismi qulab tushdi

15:18 / 13.03.2022

Buxoro shahridagi “Talipoch qal’a darvozasi” chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 11-mart kuni kechki payt hafta davomidagi muttasil yog‘ingarchilik oqibatida Buxoro shahridagi “Talipoch qal’a darvozasi” chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi qulab tushgan. 12-mart kuni Buxoro viloyat hokimyati, Madaniy meros boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi, Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi mas’ul xodimlari va boshqarmaning maxsus eskspertlaridan iborat Jamoatchilik Ilmiy maslahat kengashi a’zolari hodisa joyini o‘rgangan.

O‘rganish natijasida, o‘tgan yillar davomida XVI asrga tegishli 2003-yilda qayta tiklangan “Talipoch qal’a darvozasi” atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning cho‘kkani, qoplama devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgani hamda mart oyida kuzatilgan doimiy yog‘ingarchilik devorning cho‘kishi va qulab tushishiga olib kelgani aniqlangan.

“Ta’kadlash lozim, ‘Talipoch qal’a darvozasi’ 2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining manzilli ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirda soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan mazkur obyektning atrofini o‘rab olish, mazkur huddudda yashovchi fuqarolar va obyektga tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shuningdek, Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi va ekspertlar tomonidan obyektning texnik holati o‘rganilib va uni tezkorlik bilan qayta tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, madaniy meros obyektida 2003-yilda restavratsiya ishlari amalga oshirilgan bo‘lsada, unda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgani, ta’mirlash ishlari malakali ustalar tomonidan olib borilmagani o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Endilikda bu kabi kamchiliklarni oldini olish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan madaniy meros obyektlarini restavratsiya ishlarini puxta o‘ylangan reja asosida, malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.


Bu ham qiziq

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

“Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘us…
17:25 / 15.09.2026
Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

​Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan m…
16:09 / 17.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!