$
12017.70 UZS
15.6
₽
146.39 UZS
0.37
€
13179.81 UZS
13.51
31° Kechasi 18°

Debyut roli bilan olamshumul mashhurlikka erishgan 7 ijodkor

17:14 / 05.07.2022

Insonlarning muvaffaqiyatga qadar bosib o'tgan yo'li har xil bo'ladi. Ba'zi odamlarga buning uchun yillar kerak, boshqalari esa faoliyatining boshidanoq mashhurlik cho'qqisini zabt etadi. Ayrim aktyorlar kino yoki serialdagi ilk roli bilan tomoshabinlarning e’tiborini tortadi va bu ularning samarali faoliyatiga yaxshi turtki beradi.
Quyidagi 7 ta mashhur yulduz ham shunday natijaga erishgan ijodkorlardan hisoblanadi.

1. Chon Xo Yon

Chon Xo Yon mashhur koreys seriali “Kalmar o'yini”da bosh rollardan birini ijro etdi. Bu film platformalardagi barcha reytinglarda yetakchi o’rinlarniband etdi. Serial aktrisaning kino olamidagi debyuti edi. Ushbu serialdan so'ng aktrisa CAA agentligi bilan shartnoma tuzdi.

2. Emma Uotson

Emma Uotsonning Garri Potter filmidagi Germiona roli aktrisa uchun debyut bo'lishiga qaramasdan unga olamshumul mashhurlik keltirdi. Bungacha yosh ijodkor faqat maktab spektakllarida kichik rollar ijro etgan. Garri Potter filmining birinchi qismi 2001-yilda juda katta daromad keltirdi. Uotson "Yosh rassom" mukofotini oldi va Garri Potter franshizasining qolgan qismlarida, shuningdek, boshqa ko'plab filmlarda rollar ijro etdi.

3. Sofi Terner

Sofi Terner “Taxtlar o‘yini” filmidagi Sansa Stark roli uchun kastingdan o‘tganida hali maktab o’quvchisi edi. Bu uning kinodagi birinchi ishi bo'lib, ushbu film unga xalqaro miqyosda e'tirof keltirdi. Shundan beri Terner boshqa ko'plab mashhur filmlarda ham suratga tushdi.

4. Xeyli Shtaynfeld

Xeyli Shtaynfeld 13 yoshida “Temir qirrasi” filmidagi Metti Ross rolini ijro etib, badiiy filmdagi debyutini amalga oshirgan. Bu rol uning uchun yutuq bo'ldi. Xeyli “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” sifatida “Oskar” mukofotiga nomzodlik qildi. O'shandan beri u aktrisalikni davom ettirib keladi, ammo "Temir qirrasi" filmi uning karyerasidagi eng muvaffaqiyatli film hisoblanadi.

5. Alan Rikman

Kinodagi ilk rolini ijro etishidan oldin Alan Rikman teatr va televideniyeda ishlagan. Aktyor "Die Hard" filmida yovuz qahramon Xans Gruber rolini o'ynadi. Shundan so'ng ko'plab filmlarda rollar ijro etdi. Biroq ko'pchilik aktyorni Garri Potter franshizasidagi Severus Sneyp roli orqali taniydi.

6. Kemeron Diaz

1994-yilda Kemeron Diaz ilk marotaba "Niqob" komediyasida suratga tushdi. O'sha paytda u modellik bilan shug'ullangan, ammo rejissyor va prodyuserlar uning rolga mukammal nomzod ekanligiga ishonch hosil qilishgan. Ushbu filmdan so'ng aktrisa kino olamida ajoyib kareyrasini boshladi.

7. Reychel Zegler

Reychel Zegler Stiven Spilbergning "West Side Story" remeykidagi Mariya roli uchun ochiq kastingda ishtirok etgan 30 000 nafar aktrisadan biri edi. O'sha paytda u o'rta maktab o'quvchisi bo'lgan. Bir necha oylik kastingdan so'ng aktrisa ushbu rolga munosib deb topildi. Ushbu roli uchun Zegler "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida "Oltin globus" mukofotini qo'lga kiritdi va nufuzli “ICM Partners” agentligi bilan shartnoma imzoladi. Shundan so'ng aktrisa “Disney”ning "Oppog'oy va 7 gnom" filmida suratga tushdi.



														
														Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026

														
														Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

25-sentabr kuni O‘zbekiston hududida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
16:16 / 24.09.2026

														
														CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

AQShning CNN, Politico va MS NOW nashrlari jurnalistlarining Oq uyga kirishi cheklangani ortidan Prezident Donald Tramp va u…
10:16 / 22.09.2026

														
														Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Aktrisa 27-mart kuni Istanbul aeroportida qo‘lga olingan edi.
17:47 / 28.03.2026

														
														HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025

														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

Bu ham qiziq

XAMAS sulhga qaramay davom etayotgan Isroil hujumlariga javob qaytarişi mumkin

XAMAS sulhga qaramay davom etayotgan Isroil hujumlariga javob qaytarişi mumkin

Ğazo sektorida sulh kelişuviga qaramay, Isroil armiyasining hujumlari davom etmoqda. XAMAS yetakçilaridan biri Xalil al-Hayy…
13:57 / 28.11.2026
Namanganda 3,5 mlrd sömlik elektr energiyasi öğirlandi

Namanganda 3,5 mlrd sömlik elektr energiyasi öğirlandi

Namangan şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi.
15:48 / 27.11.2026
29-NOYABR TARIX IZLARIDA

29-NOYABR TARIX IZLARIDA

Tarixda bugun
08:47 / 29.11.2026
Ukraina Qrim köprigini yöq qilişni rejalaştirmoqda

Ukraina Qrim köprigini yöq qilişni rejalaştirmoqda

The Telegraph naşrining xabar berişiça, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy qömondonlikka Qrim köprigini töliq yöq…
16:29 / 28.11.2026
“Bizga uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yöl kerak” — Prezident

“Bizga uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yöl kerak” — Prezident

“Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yöl emas, balki uzoq yillar xizmat qiladigan sifatli y…
11:50 / 27.11.2026
Mast holda takroran avtomobil boşqarganlar 2 yilgaça qamalişi mumkin

Mast holda takroran avtomobil boşqarganlar 2 yilgaça qamalişi mumkin

Oliy Majlis Senatining 28-noyabr kuni bölib ötgan 21-yalpi majlisida yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qonun…
16:06 / 28.11.2026
Foydalanişga topşirilmagan uylarga aholini köçirgan mas’ullar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Foydalanişga topşirilmagan uylarga aholini köçirgan mas’ullar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Özbekistonda qurilişi tugallanmagan yoki belgilangan tartibda foydalanişga topşirilmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarnin…
08:37 / 29.11.2026
“Ҳайрон қолдим”. Синдоров Гукешнинг кутилмаган ўйинига муносабат билдирди.

“Ҳайрон қолдим”. Синдоров Гукешнинг кутилмаган ўйинига муносабат билдирди.

Ўзбекистонлик гроссмейстер Жавоҳир Синдоров шахмат бўйича жаҳон чемпионлиги учун баҳснинг учинчи партиясида рақиби Гукеш Дом…
16:19 / 27.11.2026
Toşkent metropoliteniga 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi

Toşkent metropoliteniga 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi

Bugungi kunda Toşkent şahridagi jamoat transporti yölovçilarining 46 foizi metropolitendan foydalanmoqda. Metro xizmatiga bö…
13:30 / 27.11.2026
Ukraina Rossiyaning uç hududiga dronlar hujumi uyuştirdi

Ukraina Rossiyaning uç hududiga dronlar hujumi uyuştirdi

Ukraina dronlari Rossiyaning Leningrad va Tula viloyatlari, şuningdek, Krasnodar ölkasiga hujum qildi. Hujumlar oqibatida No…
12:21 / 27.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!