$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

“Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilmagan – DXX

12:52 / 06.01.2023

Davlat xavfsizlik xizmati yosh bolalarning oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilmaganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax Medikal” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ masʼul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalarining nojoʻya taʼsiri oqibatida hozirga qadar “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan koʻz yumgan.

“Quramax Medikal” MChJ tomonidan Oʻzbekistonga import qilingan ushbu preparatlar “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ masʼul xodimlari tomonidan meʼyoriy-huquqiy hujjat talablari qoʻpol ravishda buzilib, ushbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilmaganligi natijasida sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Jinoyat ishi doirasida “Quramax Medikal” MChJning 2 nafar rahbar xodimlari hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJning 2 nafar masʼul xodimlari gumonlanuvchi shaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida “Quramax Medikal” MChJ tomonidan Hindiston davlatidan Oʻzbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan oʻtkazilishi toʻxtatilgan hamda dorixonalardagi bunday preparatlar yigʻib olingan. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

“Quramax Medikal” MChJga tegishli dori vositalarini Oʻzbekistonda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda sogʻliqni saqlash tizimidagi mutasaddi xodimlarning ushbu holat boʻyicha amalga oshirgan harakatlarini tekshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Bu ham qiziq

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025
Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

“Santa-Klara” o‘yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.
10:17 / 15.05.2025
14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:35 / 14.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

14-may kuni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyeva 84 yoshida vafot etg…
17:34 / 14.05.2025
Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.
18:01 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!