$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Dunyo ustidan hokimiyat Gʻarbning o‘yiniga asoslanadi – Putin

10:37 / 28.10.2022

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 27-oktyabr kungi nutqida AQSH va uning ittifoqchilari hamda “Gʻarb elitasini” “xavfli o‘yin” o‘ynayotganlikda, ularni dunyoda yuz berayotgan voqealarga javobgarlikda aybladi.

Moskvadagi “Valday klubi” munozaralar forumida so‘zga chiqqan Putin Rossiya Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanishga urinayotgani haqidagi xabarlarni inkor etib, mamlakat bu haqda hech qachon o‘ylamaganini ta’kidladi, biroq yadroviy qurol mavjud ekan, doimo undan foydalanish xavfi borligini qo‘shimcha qildi.

“Hech qachon Rossiya yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqida hech narsa aytmaganmiz. Biz faqat Gʻarb yetakchilarining (yadroviy tahdidlariga) ishoralar bilan javob berdik”, – dedi Putin.

U, shuningdek, g‘arb hukumatlari, jumladan Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Liz Trassni Rossiyaga qarshi “yadroviy shantaj”da ayblagan.

Putin, shuningdek, Gʻarbni Moskvaga qarshi neytral davlatlarga ta’sir o‘tkazish uchun “Rossiya yadro qurolidan foydalanadi degan tezisni yuborish”da aybladi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning harbiy doktrinasi yadro qurolidan faqat “mudofaa” maqsadida foydalanishga ruxsat beradi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa buni “yana bir uydirma va yadroviy quroldan kelib chiqadigan mas’uliyasizlikning cho‘qqisi” deb ta’rifladi.

Blinken, AQSH Kremlning yadro qurolini “juda ehtiyotkorlik bilan” kuzatayotgani, ammo “yadroviy holatini o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ko‘rmaganini” yana bir bor ta’kidladi.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Moskvaning noqonuniy bosqiniga qarshi Kiyevni qo‘llab-quvvatlagan Gʻarb hukumatlarini ham global hukmronlikka intilishda va dunyo tabiiy resurslarini nazorat qilishga urinishda aybladi.

“Dunyo ustidan hokimiyat bu Gʻarb, deb ataladigan jamiyatning o‘yiniga asoslanadi. Ammo bu xavfli o‘yin. Bu qonli o‘yin. Bu mamlakatlarning barcha suverenitetlarini inkor etadi va ularning o‘ziga xosligi, boshqa davlatlarning manfaatlarini hisobga olmaydi”, – dedi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari Gʻarbni boshqa mamlakatlarda “rangli inqiloblar uyushtirishda” aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri “eng xavfli o‘n yillik”ga duch keldi, shu bilan birga Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin emasligi haqidagi da’vosini Gʻarb va NATO kengayayotgani bilan izohladi:

“NATOning Ukraina bilan kengayishi biz uchun mutlaqo nomaqbul edi va bu hammaga ayon bo‘lgan. Hech kim bknga e’tibor bermadi. Ular xavfsizlik sohasiga qiziqishni umuman e’tiborsiz qoldirdilar va ma’lum bir urinish muvaffaqiyatsiz tugadi”.

Putin ruslar va ukrainlar tarixan bir xalq bo‘lganini ta’kidladi va hozir sodir bo‘layotgan voqealar fuqarolar urushiga o‘xshash hodisa ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, urush Rossiyaga qimmatga tushayotgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat mamlakat uchun yaxshi bo‘lishi kutilayotganini aytib o‘tdi.

“Albatta, bizda ba’zi muammolar bor. Bu, birinchi navbatda, maxsus harbiy amaliyot tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlarimiz bilan bog‘liq. Men bu haqda doim gapiraman. Ammo bizda iqtisodiy yo‘qotishlar bilan birga ulkan yutuqlar ham bor. Hozir sodir bo‘layotgan voqealar, shubhasiz, Rossiya va uning kelajagi, manfaati uchun. Bu bizning iqtisodiy sohada suverenitetimizni har tomonlama mustahkamlash bilan bog‘liqlir”, – dedi Vladimir Putin.


Ukraina – Rossiya


														
														Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026

														
														Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Buchan tumaniga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
17:09 / 29.08.2026

														
														«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026

														
														Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ayollarning Ukraina Qurolli Kuchlariga safarbar qilinishi, hatto jarohatsiz ham ayollar uchun ko‘p sonli jarohatlar va sog‘l…
17:31 / 15.08.2026

														
														Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ma…
17:07 / 14.08.2026

														
														Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

“Qo‘shma Shtatlar o‘zini Ukrainadagi mojaroni tugatishga qodir yagona mamlakat deb hisoblaydi”, – dedi Davlat kotibi Marko R…
15:45 / 22.07.2026

														
														Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

“Yong‘inlar tufayli Kiyevni qora tutun qopladi. Aholisiga derazalarni yopiq holda saqlash va iloji bo‘lsa, uyda qolish tavsi…
11:38 / 06.07.2026

														
														Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026

														
														Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

														
														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

Bu ham qiziq

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!