Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.
Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-sentyabr kunidan buyon Moskva tomon yo‘nalgan 1600 dan ortiq uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirdi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yo‘q qilingan dronlarning 450 tasi Moskva shahriga yaqinlashayotgan paytda urib tushirilgan.
«Misli ko‘rilmagan hujum saylovlarni barbod qilish maqsadida rejalashtirilgani aniq. Dushman bunga erisha olmadi», deb yozgan Sobyanin Telegram kanalida.
Dronlar hujumi oqibatida Moskva neftni qayta ishlash zavodi hududidagi obyektlardan biri shikastlangan. Shuningdek, dronlardan biri Moskvaning janubidagi Orexoviy bulvari hududidagi binoga urilgan.
Moskva viloyatidagi 17 ta okrug ham dronlar hujumiga uchragan. Hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 6 kishi jarohatlangan.
Hujumlar sabab Moskvaning Domodedovo, Vnukovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlari samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatgan. 30 dan ortiq reys Moskva aeroportlariga qo‘na olmagan va boshqa shaharlardagi aeroportlarga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!