$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

17:07 / 14.08.2026

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda masaladan xabardor manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kiyev ushbu taklifni uchinchi tomon orqali Moskvaga yetkazgan. Hozircha Rossiya tomonidan rasmiy javob berilmagan.

So‘nggi haftalarda Qora dengizdagi kemalar va portlarga uyushtirilayotgan hujumlar kuchayib, jahon oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha xavotirlarni oshirgan. Rossiya va Ukraina dunyoning yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilari hisoblanadi. Tomonlar esa bir-birini eksport uchun foydalanilayotgan kemalarga hujum qilishda ayblab kelmoqda.

Joriy yilning iyul oyi oxirida Rossiya tomonidan o‘nlab kemalarga zarbalar berilgach, ko‘plab kema egalari Odessa viloyatidagi portlarga qatnovni to‘xtatgan. Shu sababli, Ukraina yuk tashishning muqobil yo‘nalishlaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Odessa mamlakatning don eksportidagi asosiy markazlardan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida, Ukraina hujumidan so‘ng Rossiya Qora dengizdagi Novorossiysk portining uchala terminalida ham joriy yilning 13 va 14-avgust kunlari operatsiyalarni to‘xtatgan. Bu esa Rossiyaning don eksportini yanada qisqartirishiga olib kelishi mumkin. Kreml va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Reuters’ning izoh so‘roviga darhol javob bermagan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aldeksandir Grushko esa Moskva Qora dengiz bo‘yicha rasmiy sulh taklifini olmaganini aytgan.

“So‘nggi paytlarda turli moratoriylar va sulhlar haqida ko‘plab chaqiriqlarni eshityapmiz. Bu g‘oyalar turli kanallar orqali ilgari surilmoqda, biroq bizga hech qanday rasmiy taklif kelib tushmagan”, degan u TASS agentligiga.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirganidan keyin BMT va Turkiya vositachiligida Ukraina donining eksportini davom ettirishga imkon beruvchi kelishuv tuzilgan. Biroq Rossiya 2023-yilda ushbu bitimni uzaytirishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng, Ukraina yangi dengiz yo‘lagini ishga tushirgan va u yaqindagi keskinlashuvgacha faoliyat yuritib kelgan. Kiyevga ko‘ra, temir yo‘l yoki Dunay daryosi orqali amalga oshiriladigan muqobil eksport yo‘nalishlari juda cheklangan.


Ukraina – Rossiya


														
														Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026

														
														Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Buchan tumaniga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
17:09 / 29.08.2026

														
														«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026

														
														Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ayollarning Ukraina Qurolli Kuchlariga safarbar qilinishi, hatto jarohatsiz ham ayollar uchun ko‘p sonli jarohatlar va sog‘l…
17:31 / 15.08.2026

														
														Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ma…
17:07 / 14.08.2026

														
														Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

“Qo‘shma Shtatlar o‘zini Ukrainadagi mojaroni tugatishga qodir yagona mamlakat deb hisoblaydi”, – dedi Davlat kotibi Marko R…
15:45 / 22.07.2026

														
														Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

“Yong‘inlar tufayli Kiyevni qora tutun qopladi. Aholisiga derazalarni yopiq holda saqlash va iloji bo‘lsa, uyda qolish tavsi…
11:38 / 06.07.2026

														
														Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026

														
														Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

														
														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoro shahrida Malibu-2 haydovchisi tezlik cheklovi 60 km/soat bo‘lgan hududda 201 km/soat tezlikda harakatlandi. Avtomobil…
15:28 / 19.10.2026
Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Endi Yangi Toshkent uchun loyihangizni tez va oson taklif qilishingiz mumkin.
12:44 / 17.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026
Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 2026-yil 19-oktabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari O‘zbekistonda yan…
15:23 / 19.10.2026
Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026
Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia m…
09:58 / 19.10.2026
Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol …
09:53 / 18.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!