$
11814.05 UZS
11.86
139.93 UZS
0.06
13482.19 UZS
-45.48
31° Kechasi 18°

DXX o‘zgalarning shaxsiy mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirib kelgan “treyderlik faoliyati”ga chek qo‘ydi

11:28 / 16.04.2022

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganini maʼlum qilib, moliya-iqtisod sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmagan fuqarolarni ishonchiga kirgan holda, ularning shaxsiy mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirib kelgan masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, 1995 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs 2020 yilda Toshkent shahrida “Realnaya  Investitsiya” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etgan va mijozlar topish maqsadida “Telegram” messenjerida hamda “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida guruh ochib, targ‘ibot ishlari olib borgan.

MChJ rahbari mijozlardan 15 ming AQSh dollaridan 200 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda pul mablag‘larini qabul qilib olgan hamda ularga har oyda kamida 10 foizdan foyda berishni vaʼda qilib, ushbu foydani yangi jalb qilingan fuqarolarning pul mablag‘lari hisobidan to‘lab kelgan.

Hozirgi kunda MChJ rahbarining 100 nafar atrofidagi shaxslardan jami 2,5-3 mln. AQSh dollari miqdorida qarzdorligi mavjud.

Taʼkidlash lozimki, MChJ rahbari noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarini bir nechta ko‘chmas mulklar va qimmatbaho avtomashinalar xarid qilish orqali legallashtirgan.

Hozirda holat yuzasidan masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, MChJ rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 178, 179, 184, 1881, 189 va 243-moddalarini qo‘llagan holda mazkur jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida jalb etilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

DXX, shuningdek, “Realnaya  Investitsiya” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan jabr ko‘rgan fuqarolardan Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

Maʼlumot uchun, “FOREX” – dunyodagi eng yirik xalqaro valyuta ayirboshlash bozori platformasi hisoblanib, u chet el valyutalarini uzluksiz bir-biri bilan almashish  maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur bozorda asosan banklar, brokerlik kompaniyalari, tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi firmalar, jismoniy yoki yuridik shaxslar treyder sifatida ishtirok etadi.

Treyderlar asosan moliya bozoridagi narxlarning tebranishi hisobidan foyda oladi, yaʼni arzon olib, qimmat bo‘lganda sotadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlan…
09:13 / 22.09.2026
Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026
O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda 22-sentabr kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeor…
16:36 / 21.09.2026
Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetiza…
11:37 / 23.09.2026
Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik oltin va zargarlik buyumlarini yashirgan shaxs ushlandi

Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik oltin va zargarlik buyumlarini yashirgan shaxs ushlandi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida qiymati 1,3 milliard so‘mga yaqin zargarlik buyumlari va oltin quyma…
15:50 / 21.09.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi portal ishga t…
12:22 / 22.09.2026
O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga H…
09:47 / 22.09.2026
Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Seksard shahrida o‘tkazilgan vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turganida bir erk…
10:22 / 22.09.2026
Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google kompaniyasi va Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) o‘rtasidagi olti yillik nizo kompaniyaga 4…
10:04 / 22.09.2026
Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tang…
15:57 / 23.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!