$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Ekologiya uchun muhim qadam: Samarqandning YeTTB “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshilgani nimani anglatadi?

18:10 / 18.05.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Samarqand shahrida oʻtayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yigʻilishida ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Davlat rahbari mamlakat bundan buyon islohotlarni davom ettirishda rivojlanish borasidagi xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan bir qator yoʻnalishlarda hamkorlikka tayanishini taʼkidladi. Ularning ichida “yashil iqtisodiyot”, “yashil energiya” sohalari ham bor. Samarqandning Oʻzbekistonda YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshilgan birinchi shaharga aylangani esa ushbu sohalarni rivojlantirishning amaliy tasdigʻi, deb hisoblash mumkin.

Bu qanday dastur va uning maqsadi nima?


Turli mintaqalardagi shaharlar infratuzilmasiga investitsiyalar yetarli emasligi, demografik oʻzgarishlar, havoning yomon sifati, yuqori energiya bosimi va uglerod zichligi shu bilan birga, koʻplab shaharlarning iqlim oʻzgarishi, issiqlik stressi va ekstremal ob-havo hodisalari taʼsiriga zaifligi.

Shu va shu kabi muammolarni hal qilish uchun YeTTB shaharlar va ularning aholisi uchun yaxshiroq va barqaror kelajakni qurish maqsadida “YeTTB Yashil shaharlar” dasturini ishlab chiqqan. Dastur uchta markaziy tarkibiy qismdan iborat:

bular:

– yashil shahar harakat rejalari: atrof-muhit muammolarini baholash va ustuvorga aylantirish, shuningdek, siyosat aralashuvi va barqaror infratuzilma investitsiyalari orqali ushbu muammolarni hal qilish uchun harakat rejasini ishlab chiqish;

– barqaror infratuzilma investitsiyalari: suv va oqava suvlar, shahar transporti, hududiy energiya, binolarda energiya samaradorligi, qattiq chiqindilar va boshqa tadbirlarga davlat yoki xususiy yashil investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish orqali shaharning iqlim taʼsiriga moslashishi va chidamliligini oshirish;

– imkoniyatlarni oshirish: loyihalarda belgilangan infratuzilma investitsiyalari va siyosiy chora-tadbirlari samarali ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoring qilinishini taʼminlash uchun shahar maʼmuriyatlari va mahalliy manfaatdor tomonlarga texnik yordam koʻrsatish.

YeTTB “Yashil shaharlar” dasturiga kirgan shahar – Iasi (Ruminiya)

Dastur quyidagi maqsadlar asosida shaharlar va ularning aholisi uchun yanada yaxshiroq va barqaror kelajakni qurishga intiladi. Oʻz navbatida, bunga shaharlarning ekologik muammolarini aniqlash, ularni ustuvorga aylantirish, barqaror infratuzilma, investitsiyalar va siyosat choralari bilan erishiladi.

– Ekologik aktivlarning sifatini (havo, suv, yer va biologik xilma-xillikni) saqlash va bu resurslardan barqaror foydalanish;

– Iqlim oʻzgarishi xavfini yumshatish va ularga moslashish;

– Atrof-muhit siyosati va ishlanmalari aholining ijtimoiy va iqtisodiy farovonligiga hissa qoʻshishini taʼminlash.

YeTTB “Yashil shaharlar” dasturiga kirgan shahar – Batumi (Gruziya)

Shuningdek, “Yashil shahar”ga aylanish yoʻli uzoq muddatlik boʻlib, bu shaharlarga vaqt oʻtishi bilan strategik maqsadlari va qarashlarini oʻzgartirishga imkon beradi. Jarayon esa uchta asosiy bosqichdan iborat boʻladi.

1. “Yashil shahar” harakat rejasini ishlab chiqish;

2. “Yashil shahar” dasturini amalga oshirish;

3. Monitoring.

“Yashil shaharlar” dasturiga kirish meʼyorlari

2016-yilda ish boshlaganidan beri 5 milliard yevro mablagʻ jalb etgan YeTTB “Yashil shahar” loyihasi hozirda uch qitʼaning 23 mamlakatidan 50 dan ortiq shaharlarida faoliyat yuritmoqda. Ularning orasida Anqara, Izmir, Istanbul, (Turkiya), Batumi, Tbilisi (Gruziya), Belgrad (Serbiya), Bishkek, Shimkent, Olmoti (Qozogʻiston), Sofiya (Bolgariya), Kiyev (Ukraina), Dushanbe (Tojikiston), Buxarest (Ruminiya), Varshava (Polsha) kabi shaharlar oʻrin olgan.

YeTTB “Yashil shaharlar” dasturiga kirgan shahar – Kiyev (Ukraina)

Biroq bu shaharlar qatoriga istalgan boshqa birini shunchaki qoʻshib qoʻyib boʻlmaydi. Yaʼni, muvofiq shaharlar javob berishi kerak boʻlgan mezonlar mavjud. Ularga koʻra, shahar YeTTB mintaqalarida joylashgan boʻlishi, kamida 100 000 aholiga ega boʻlishi (aholisi 50 000 kishi boʻlgan shaharlar alohida holatlarda hisobga olinadi), “Yashil shahar” harakat rejasini amalga oshirishga tayyor boʻlishi hamda qattiq chiqindilar, suv va oqava suvlar, shahar transporti, tuman energetikasi, kam uglerodli va iqlimga chidamli binolar, qayta tiklanadigan energiya, koʻchalarni yoritish, tarqatish tarmogʻi, aqlli yechimlar, iqlim oʻzgarishi, chidamlilik va tabiatga asoslangan yechimlar kabi sektorlardan birida investitsion mustahkam loyihalarni boshlashi kerak.

YeTTB “Yashil shaharlar” dasturiga kirgan shahar – Mostar (Bosniya va Gersegovina)

Samarqandning “Yashil shaharlar” dasturiga kirishi

YeTTB Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshadning Samarqandda oʻtayotgan yigʻilishda taʼkidlashicha, bu jarayon shahar 2021-yilda YeTTB “Yashil shaharlar” dasturi uchun roʻyxatdan oʻtgani bilan boshlangan. Keyinchalik esa atrof-muhitni yaxshilash boʻyicha “Yashil shahar” Harakat rejasini ishlab chiqish orqali dasturga aʼzo boʻldi.

Parshad biznes forumda shu xususda ham toʻxtalib, dastur doirasida Samarqandning oʻzida uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam beradigan 100 ta elektr avtobus olib kelinishini taʼkidladi.


Gap shundaki, Oʻzbekiston hukumati YeTTB bilan Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish toʻgʻrisida bitim imzoladi. Ajratilgan mablagʻ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha oʻrta oʻlchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektravtobuslar parki, elektr stansiyasi, foydalanish uchun maʼmuriy binolar va texnik xizmat koʻrsatish obyektlarini oʻz ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi.

Bu “Samarqand – yashil shahar” harakat rejasidagi birinchi loyiha boʻlib, barqaror rivojlanish istiqbollari va strategik maqsadlarni hamda ustuvor ekologik muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan harakatlar va investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan muhim qadam sifatida qaralmoqda.

Yaqin kelajakda esa, Oʻzbekistonning mazkur dasturga kiritiladigan shaharlari sonini Nukus, Andijon, Buxoro va Namangan kabi shaharlar bilan oshirish koʻzda tutilgan.

 

Dadajon Fozilov tayyorladi


Bu ham qiziq

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!