$
12829.07 UZS
-15.14
124.91 UZS
-2.44
13344.80 UZS
-163.46
16° Kechasi

Endi amaliyot o‘tagan talabalarga pul to‘lanadi

11:49 / 10.01.2024

2024-yil 8-yanvardagi 11-son Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.

Tanlovda qatnashish uchun talabalar, bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi, O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.

Oliy ta’lim tashkiloti ariza bergan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi.

Maxsus komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqib, talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari bo‘yicha ma’lumot vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.

G‘olib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi.

Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisob-raqamiga o‘tkaziladi.

Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Bu ham qiziq

“Man Siti” yana mag‘lub bo‘ldi, bu beshinchisi

“Man Siti” yana mag‘lub bo‘ldi, bu beshinchisi

Pep Gvardiola “Manchester Siti”ning “Tottenhem”dan uchragan yirik 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z fikrlarini bildir…
10:53 / 24.11.2024
AQSh uyg‘urlar mehnatidan foydalanadigan Xitoy kompaniyalarining “qora ro‘yxatini” kengaytirdi

AQSh uyg‘urlar mehnatidan foydalanadigan Xitoy kompaniyalarining “qora ro‘yxatini” kengaytirdi

AQSh mahsulotlari mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan kompaniyalarning “qora ro‘yxatini” yana kengaytirganini e’lon qildi.
14:46 / 24.11.2024
O‘zbekiston 10 oy davomida rekord darajada gaz import qildi

O‘zbekiston 10 oy davomida rekord darajada gaz import qildi

2024-yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston rekord darajadagi 1,36 milliard dollarga gaz import qilgan. Bu haqda Prezident …
18:00 / 23.11.2024
Makgregor jinsiy tajovuzda aybdor deb topildi

Makgregor jinsiy tajovuzda aybdor deb topildi

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dublin yuqori sudi qaroriga ko‘ra, jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb top…
10:27 / 23.11.2024
Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024
Tramp Ukrainaga yordam ko‘rsatishga majburmi?

Tramp Ukrainaga yordam ko‘rsatishga majburmi?

“AQSh Kongressi Kiyevga yordam berish to‘g‘risidagi qonunni o‘zgartirishga harakat qilmoqda, shundan so‘ng Tramp lavozimga k…
12:41 / 23.11.2024
Samarqandda atom energiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

Samarqandda atom energiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024-yil 5-dekabr kuni Samarqandda “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiy…
22:19 / 24.11.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi mudofaa va xavfsizlik sohasini qamrab oladi

Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi mudofaa va xavfsizlik sohasini qamrab oladi

Bu haqda TASS nashri Rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenkoning so‘zlariga asoslanib yozm…
13:10 / 24.11.2024
Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024
BAAda isroillik ravvinning jasadi topildi

BAAda isroillik ravvinning jasadi topildi

Shuningdek, uning o‘limida Eron tomonidan yollangan o‘zbek fuqarolari gumon qilinmoqda.
20:40 / 24.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!