$
12676.11 UZS
-18.86
161.56 UZS
-0.04
14975.56 UZS
97.06
37° Kechasi 24°

Barqaror landshaftlarni tiklash bo‘yicha 153 mln dollarlik loyiha ishga tushirilmoqda

10:14 / 06.04.2025

Ushbu loyihaga O‘zbekiston va Jahon banki tomonidan start berildi.

Samarqandda o‘tgan iqlim forumida Ekologiya vazirligi va Jahon banki “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasiga start berdi. Ta’kidlanishicha, uni moliyalashtirish uchun 153 mln dollar ajratiladi. Maqsad esa degradatsiyaga uchragan hududlarda o‘rmonlar maydonini ko‘paytirish va yashash sharoitlarini yaxshilashdir.

Loyiha 6 ta hudud — Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarini qamrab oladi. U degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, mahalliy landshaftlarning barqarorligini oshirish, ekoturizmni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirish, shu jumladan, quyidagi tadbirlar uchun Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mas’ul hisoblanadi:

– respublikaning 6 ta viloyatida degradatsiyaga uchragan yerlarni daraxtlardan (agroo‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon plantatsiyalari, bog‘lar, o‘rmon-yaylov tizimlari) tiklash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish (ushbu faoliyat, shuningdek, o‘rmonlarni qayta tiklash va ko‘kalamzorlashtirish kabi landshaftni tiklash faoliyati bilan shug‘ullanadigan mahalliy aholi uchun qisqa muddatli ish o‘rinlarini yaratadi);

– tabiiy resurslardan samaraliroq foydalanish asosida kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish uchun fermerlarga moliyaviy va ta’lim sohasida yordam ko‘rsatish;

– muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon qo‘riqxonalarini boshqarishni takomillashtirish va 6 ta hududda barqaror ekoturizmni rivojlantirish (loyiha zarur infratuzilmani, jumladan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon hududlarida turistik markazlar, ma’muriy obyektlar, kempinglar, sayr qilish joylari, sayyohlik marshrutlari va boshqa rekreatsion maydonlarni yaratishni moliyalashtiradi);

– O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘rmon plantatsiyalari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini va O‘rmon xo‘jaligi agentligi uchun axborot-kommunikatsiya platformasini yaratish.

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, degradatsiyaga uchragan yerlarga daraxt ekish landshaftlarning barqarorligini oshiradi, yashash sharoitlarini yaxshilaydi va ish o‘rinlarini yaratadi.

“Biz bugun Jahon banki bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yayotgan loyihamiz O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Bu o‘n yillik oxiriga qadar o‘rmonlar maydonini 6,1 mln gektarga yetkazish masalalarini ham o‘z ichiga oladi”, — deydi Ekologiya vaziri.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova yangi loyiha O‘zbekistonga shahar va qishloqlarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga qaratilgan RESILAND CA+ (Markaziy Osiyoda barqaror landshaftlarni tiklash) dasturida ishtirok etish imkonini berishini ta’kidlagan.


O‘zbekiston


														
														2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025

														
														O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025

														
														Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025

														
														Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025

														
														DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025

														
														843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025

														
														Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025

														
														1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025

														
														Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025

														
														O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
12:44 / 30.06.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!