$
12497.19 UZS
-50.19
155.71 UZS
-1.31
14597.97 UZS
-67.41
34° Kechasi 21°

Endi yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchilar jarimaga tortiladi

10:39 / 07.01.2025

Toshkent shahridagi barcha avtobuslarda 1-yanvardan yo‘lkira to‘lovlarini naqd shaklda to‘lash to‘xtatilgan. Buning ortidan esa transport yoki bank kartasi bo‘lmagan yo‘lovchilarning bir martalik chiptalarga ehtiyoji ortgan.

“Poytaxtimizda 1-yanvardan avtobuslarda naqd pul orqali to‘lovlar qabul qilinmaydi”, – deydi Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Allayor Norbo‘tayev.

– Chiptachilardan voz kechiladi. Yo‘lkira uchun to‘lovlarni naqd to‘lash amaliyoti bekor qilinishi ortidan chiptachilar faoliyatidan voz kechiladi. Chiptachilar bilan shartnomalarni bekor qilish mehnat qonunchiligi asosida amalga oshiriladi, ularga dastlab bu borada ogohlantirish xatlari berilgan.

Bugungi kunda poytaxtimizda 2644 ta avtobekat bo‘lsa, ular atrofiga 5500 ta QR-chiptalar olish uchun shoxobchalar o‘rnatilgan. Ayni damda poytaxtdagi mavjud bo‘lmagan bekatlarga infokiosklarni integratsiya qilish ishlari ketmoqda. Agar siz naqd pul orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lsangiz, QR-chiptani xarid qilish uchun to‘lov infokiosklaridan foydalanishingiz mumkin. Bir martalik to‘lov uchun QR-chipta olsangiz yo‘l haqi 3000 so‘m, ATTO kartasi yoki mobil ilova orqali to‘lashda 1700 so‘mni tashkil etmoqda. Bir martalik QR-chiptadan foydalanish uchun avtobus bekatlarida QR-chiptalar olish uchun shoxobchalar o‘rnatilgan.

– Agar yo‘lovchi yo‘l haqini naqd ko‘rinishda beradigan bo‘lsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak, – deydi Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev. – Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda haydovchiga ham yo‘lovchiga ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi hamda 145-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ya’ni, yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan biri miqdorida jarima belgilanadi. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 ming bo‘lsa, 37 ming 500 so‘m miqdorida fuqaro jarimaga tortiladi.

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha avtobuslarga nazorat kameralari o‘rnatilgan.


O‘zbekiston


														
														Bo‘kada 12,5 ming xonadon gazsiz qoldi

Bo‘kada 12,5 ming xonadon gazsiz qoldi

Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani va tez orada gaz ta’minoti tiklanishi kutilayotgani bildirildi.
09:19 / 19.08.2025

														
														19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kunduzi 33-38 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi
22:45 / 18.08.2025

														
														Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Ko‘kdaladagi portlash joyiga bordi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Ko‘kdaladagi portlash joyiga bordi

Tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlarning holidan xabar ham olindi
22:33 / 18.08.2025

														
														Bugun osmonda noyob hodisa: “Sayyoralar paradi” bo‘lib o‘tadi

Bugun osmonda noyob hodisa: “Sayyoralar paradi” bo‘lib o‘tadi

Bu hodisa O‘zbekistonda ham ko‘rinadi
22:11 / 18.08.2025

														
														Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Senat raisi tashrif davomida shuningdek, ijodkor va ziyolilar bilan ham uchrashuv o‘tkazadi
20:42 / 18.08.2025

														
														Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Hozirda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
20:03 / 18.08.2025

														
														O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

Hududlar kesimida eng ko‘p hissa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda
19:54 / 18.08.2025

														
														Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.
17:56 / 18.08.2025

														
														Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983-yilda tug‘ilgan shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 n…
16:28 / 18.08.2025

														
														O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
16:02 / 18.08.2025

Bu ham qiziq

Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi yo‘l vaqtincha yopildi.
11:03 / 18.08.2025
O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
16:02 / 18.08.2025
Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Hozirda avtomobil sotuv uchun auksionga chiqarilgan
20:19 / 17.08.2025
Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

“Farg‘onaavtotrans xizmat” MChJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qo‘shimcha 24 dona Yutong avtobuslari xarid qilingan.
14:29 / 18.08.2025
Prezident tadbirkorlar kuni munosabati bilan sohaning bir guruh vakillarini mukofotladi

Prezident tadbirkorlar kuni munosabati bilan sohaning bir guruh vakillarini mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18-avgust kuni tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir gur…
12:42 / 18.08.2025
O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

Hududlar kesimida eng ko‘p hissa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda
19:54 / 18.08.2025
Soliq qo‘mitasi: “Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 20 milliard so‘m to‘landi”

Soliq qo‘mitasi: “Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 20 milliard so‘m to‘landi”

Xabar bergan fuqarolarga jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot berilgan
19:49 / 17.08.2025
Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ona va farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ona va farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Ular 15-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
09:32 / 18.08.2025
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Ko‘kdaladagi portlash joyiga bordi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Ko‘kdaladagi portlash joyiga bordi

Tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlarning holidan xabar ham olindi
22:33 / 18.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!