$
12547.38 UZS
-34.59
157.02 UZS
-0.73
14665.38 UZS
-32.88
32° Kechasi 19°

Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

17:56 / 18.08.2025

Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uning qurilishiga 2022-yil 9-noyabrda tamal toshi qo‘yilgan edi. O‘shanda davlat rahbari Olimpiya shaharchasi xalqning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o‘zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishi, me’moriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilg‘or innovatsion yechimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Qisqa vaqt ichida 100 gektardan ziyod maydonda majmua qad rostladi. Qariyb 290 million dollarlik ushbu loyiha CAMC Engineering kompaniyasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirildi. Shaharchada 5 ta asosiy sport majmuasi joylashgan.

Shulardan velodrom murakkab muhandislik yechimlari asosida, o‘ziga xos dizaynda qurilgan. Uning yog‘och qoplamasi sifati, trayektoriyasi va burilish burchaklari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi talablariga javob beradi. Jumladan, yo‘lak eng mustahkam daraxtlardan yasalgan, qavatma-qavat yotqizilgan. Bu sifat muntazam saqlanishi uchun velodromda yil davomida bir xil harorat ta’minlanadi. Hatto velosportchilarga havo qarshiligigacha inobatga olingan. Trekka yorug‘lik bir xil va teng darajada tushadi. Bu sportchilarga qulaylik bo‘lishi bilan birga, tomosha va televizion translyatsiya me’yorlariga ham mos. O‘rindiqlar 2 ming 200 kishiga mo‘ljallangan. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining yangi talabi bo‘yicha tomosha joylariga himoya to‘sig‘i o‘rnatilgan. Shuningdek, majmua ko‘p funksiyali bo‘lib, bu yerda stol tennisi, qilichbozlik bo‘yicha musobaqa va mashg‘ulotlar o‘tkazish ham mumkin. Bunday darajadagi velodrom O‘zbekistonda birinchisi. Mutasaddilarga hududlarda sharoit yaratib, velosportni rivojlantirish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Prezident stol tennisi hammabop, arzon va qulay sport ekanini ta’kidlab, har bir maktab va mahallada uni ommalashtirish, anjomlarini ishlab chiqarish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Shaharcha markazida 12 ming o‘rinli stadion joylashgan. Xalqaro turnirlar paytida bu yerda tantanali marosimlar tashkil etiladi. Asosiysi, yashil maydon va 9 qatorli yugurish yo‘lagida yengil atletikaning 48 ta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Jumladan, jahon chempionati, Brilliant ligasi, paraatletika bahslari, ko‘zi ojizlar o‘rtasida IBSA o‘yinlarini tashkil etish mumkin. Boshqa paytlarda stadiondan mahalliy o‘quv-yig‘inlar, amaliy mashg‘ulotlar orqali dual ta’limda foydalaniladi.

Stadiondagi to‘rt qavatli binoda terma jamoalar mutaxassislari va sport federatsiyalari faoliyat yuritadi. Yengil atletika va para sport turlari aholi salomatligini mustahkamlashda juda samarali. Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida ular bo‘yicha dastur ham keng. Lekin yurtimizda bu imkoniyatlar to‘la ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois yengil atletikaning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. Unga ko‘ra, viloyatlardagi stadionlar rekonstruksiya qilinib, yengil atletika uchun sharoitlar yaxshilanadi, xorijdan murabbiylar olib kelinadi, sportchilar mahoratini oshirish maqsad qilib qo‘yiladi.

Ulkan suv sporti saroyi ham zamonaviy va qulay. Unda 25x50 metrli suzish va 25x20 metrli suvga sakrash havzalari, mashg‘ulotlar uchun basseyn va trenajyor zallari bor. Barcha sharoitlar va o‘lchamlar xalqaro olimpiya standarti talablariga javob beradi. Yaqinda World Aquatics federatsiyasi delegatsiyasi majmuani ko‘rikdan o‘tkazdi va buni tasdiqladi. Ya’ni bu yerda suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi bo‘yicha qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya dasturidagi nufuzli musobaqalarni tashkil etish imkoniyati bor. Ularni 2 mingdan ziyod muxlislar tomosha qilishi mumkin.

Davlat rahbari suv sport turlarini rivojlantirish, xalqaro turnirlarda natijalarni yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Jamoaviy va yakkakurash sport turlari majmualari ham xalqaro talablar darajasida bunyod etilgan. Ularning har biri uch qavatli, 2 ming o‘rinli. Jumladan, birinchisida voleybol, basketbol va gandbol bo‘yicha mashg‘ulot va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mumkin. Yakkakurashlar majmuasi dzyudo, boks, taekvondo kabi sport turlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi. Prezident shu yerda sportchilar bilan suhbatlashdi.

“Xalqaro musobaqalarda bayrog‘imizni baland ko‘tarib, mamlakatimiz rivojini namoyon etyapsizlar. Sizning har bir yutug‘ingiz xalqimiz uchun katta g‘urur, yoshlarimizga kuch, dalda. Bu harakatlarni davom ettirib, bolalarni ortingizdan ergashtirib, sportimizni yanada yuksaltirishingizni tilaymiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Olimpiya shaharchasida futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon ham barpo etildi. Bundan tashqari, 400 o‘rinli paralimpiya yotoqxonasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilishi yakuniy bosqichda. Shaharchadagi barcha inshootlar energiya tejamkor bo‘ladi. Avtoturargohlar ustida quyosh panellari o‘rnatil


O‘zbekiston


														
														19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kunduzi 33-38 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi
22:45 / 18.08.2025

														
														Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Ko‘kdaladagi portlash joyiga bordi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Ko‘kdaladagi portlash joyiga bordi

Tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlarning holidan xabar ham olindi
22:33 / 18.08.2025

														
														Bugun osmonda noyob hodisa: “Sayyoralar paradi” bo‘lib o‘tadi

Bugun osmonda noyob hodisa: “Sayyoralar paradi” bo‘lib o‘tadi

Bu hodisa O‘zbekistonda ham ko‘rinadi
22:11 / 18.08.2025

														
														Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Senat raisi tashrif davomida shuningdek, ijodkor va ziyolilar bilan ham uchrashuv o‘tkazadi
20:42 / 18.08.2025

														
														Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Hozirda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
20:03 / 18.08.2025

														
														O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

Hududlar kesimida eng ko‘p hissa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda
19:54 / 18.08.2025

														
														Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.
17:56 / 18.08.2025

														
														Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983-yilda tug‘ilgan shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 n…
16:28 / 18.08.2025

														
														O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
16:02 / 18.08.2025

														
														Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

“Farg‘onaavtotrans xizmat” MChJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qo‘shimcha 24 dona Yutong avtobuslari xarid qilingan.
14:29 / 18.08.2025

Bu ham qiziq

Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi yo‘l vaqtincha yopildi.
11:03 / 18.08.2025
Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Toshkentda 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.
17:56 / 18.08.2025
Qrim ko‘prigini portlatishga qaratilgan operatsiyaning oldi olindi

Qrim ko‘prigini portlatishga qaratilgan operatsiyaning oldi olindi

U Shimoliy Osetiyadagi “Yuqori Lars” xalqaro o‘tkazish punkti orqali Rossiya–Gruziya chegarasini kesib o‘tib, Krasnodar o‘lk…
10:56 / 18.08.2025
Prezident tadbirkorlar kuni munosabati bilan sohaning bir guruh vakillarini mukofotladi

Prezident tadbirkorlar kuni munosabati bilan sohaning bir guruh vakillarini mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18-avgust kuni tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir gur…
12:42 / 18.08.2025
Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

“Farg‘onaavtotrans xizmat” MChJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qo‘shimcha 24 dona Yutong avtobuslari xarid qilingan.
14:29 / 18.08.2025
O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

Hududlar kesimida eng ko‘p hissa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda
19:54 / 18.08.2025
Isroilda 1 milliondan ortiq odam ish tashlash namoyishlarida qatnashdi

Isroilda 1 milliondan ortiq odam ish tashlash namoyishlarida qatnashdi

Tel-Aviv hukumati hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azoda 50 nafar isroillik mahbus bor, ulardan 20 nafari tirik.
10:04 / 18.08.2025
Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983-yilda tug‘ilgan shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 n…
16:28 / 18.08.2025
19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kunduzi 33-38 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi
22:45 / 18.08.2025
Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ona va farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ona va farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Ular 15-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
09:32 / 18.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!