Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.B.” MCHJ mas’ul shaxslari Samarqand shahri, Zarmitan ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan 11 ta xonadonga gaz iste’moli uchun sharoit yaratib, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali manfaatlariga 181,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.P. xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 177,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.A. xonadonida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 146,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!