O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navo haqidagi maʼlumotnomasini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq
Xo‘jaligi mahsulotlarining 2022-yil 21-aprel holatidagi narxlari:
Mol go‘shti
45 000 so‘mdan – 85 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy dehqon bozori va Toshkent shahridagi markaziy bozorlarda kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 45 000 so‘mdan – 49 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. mol go‘shti – 75 000 dan 85 000 so‘mgacha.
Qo‘y go‘shti
40 000 so‘mdan – 86990 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati, Jizzax viloyati markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda 1 kg qo‘y go‘shtini 40 000 dan 45 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada Toshkent shahri va Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi. 1 kg. qo‘y go‘shti – 86 990 so‘mdan 80 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
10 000 so‘mdan – 38 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston markaziy dehqon bozori hamda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkent shahar hamda Samarqand viloyati Markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi – 30 000-38 000 so‘m.
Guruch
3 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qorqalpog‘iston dehqon bozori va Xorazm viloyati, Jizzax viloyati Markaziy bozorlarida qayd etilgan – 3000 – 6 000 so‘m.
Eng qimmat narx Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Navoiy viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 16 000 – 17 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
16 000 so‘mdan – 25 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Farg‘ona, Xorazm, Buxoro viloyati markaziy bozorlarida kuzatildi. Bu yerda o‘simlik yog‘ini 16 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx Toshkent viloyati Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 23 000 dan 25 500 so‘mgacha.
Un (Mahalliy oliy navli un)
2800 so‘mdan – 11 000 so‘mgacha
Eng arzon narxdagi mahalliy oliy navli un Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘ona viloyatlari Markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi. 1 kilogramm mahalliy oliy navli un 2 600 so‘mdan – 3000 so‘mgacha baholanmoqda.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Toshkent viloyati Markaziy bozorida qayd etildi – 11000 so‘m.
Mahalliy 1-navli un
1500-9000 so‘mgacha
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyati dehqon bozorlarida qayd etildi – bu summa 2600-2800 so‘mni tashkil qilmoqda.
1-navli unning kilogrammi uchun eng qimmat narx esa Toshkent viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 9000 so‘mgacha.
Shakar
8000 so‘mdan – 13 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 8000-8500 so‘m.
1 kg shakar uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyatida kuzatilib, 13 500 so‘mgacha ko‘tarilgan.
Tuxum
600 so‘mdan – 1500so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlari markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi. Ushbu viloyatlarda tuxumni 600 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning dehqon bozorlarida qayd etildi — 1500 so‘m.
Kartoshka
2500 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy dehqon bozori, Jizzax viloyati dehqon bozori, Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 2500-2800 so‘mdan.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Toshket shahri dehqon bozorida kuzatildi –15000so‘mgacha ko‘tarilgan.
Pomidor
10000 so‘mdan – 26950 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 10 000 so‘mdan – 12 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkent viloyati va Toshkent shahri dehqon bozorlarida qayd etildi – 26 000-26 950 so‘mgacha.
Piyoz
1000-7000so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1000 so‘mdan 1500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx 1 kg piyoz uchun Navoiy viloyati dehqon bozorida qayd etildi – 7000 so‘mgacha.
Bodring
4000-30000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyati Markaziy bozorlarida kuzatildi – 1 kg bodring 4000 so‘mdan.
Eng qimmat narx Toshkent shahri Markaziy bozorlarida bo‘lib, 30000 so‘mgacha bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!